Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
Qonning bufer sistemasi
Organizm ichki muhiti pH ko‘rsatkichining doimiyligi maxsus bufer sistemalar va bir qancha fiziologik mexanizmlarning (o‘pka, buyrak faoliyati va boshqalar) birgalikdagi faoliyati orqali ta’minlanadi. Bufer sistema deb biror muhitga kislota yoki ishqor kiritilganda muhit pH ko‘rsatkichining o‘zgarishiga qarshilik ko‘rsatuvchi sistemani aytiladi. Qonning normal pH ko‘rsatkichi o‘rtacha 7,4 ga teng. Qonning eng muhim bufer sistemalari: bikarbonat, fosfat, oqsil va ayniqsa gemoglobin bufer sistemalaridir. Bikorbanat bufer sistemasi – qon bufer hajmining 10%-ni tashkil etadi. Bu sistemaning kislota-asosli jufti proton donori bo‘lmish karbonat kislota (H 2 CO 3 ) va proton akseptori bo‘lmish bikarbonat ioni (HCO 3 - ) dan iborat. H 2 CO 3 → H + + HCO 3 - Proton donori proton akseptori Qonda pH ko‘rsatkichi normal (7,4) bo‘lganda bikorbanat ionlari (HCO 3 - ) konsentratsiyasi CO 2 konsentratsiyasidan 20 marta ko‘p bo‘ladi (HCO 3 - /H 2 CO 3 = 20/1). Agar qonga kislota xususiyatli birikmalar ko‘p ajralsa, H + ionlari bikorbanat ionlari (HCO 3 - ) bilan birikib H 2 CO 3 hosil qiladi. Uning plazmada kamayishi CO 2 ni o‘pka orqali ajralishi natijasida kuzatiladi. Agar qonda ishqoriy moddalar ko‘paysa, ular karbonat kislota bilan reaksiyaga kirishib, bikarbonat ioni (HCO 3 - ) va suv hosil qiladi. Bundan tashqari bufer sistemasi komponentlari normal muvozanatini saqlashda fiziologik mexanizmlar ham muhim rol o‘ynaydi. Fosfat bufer sistemasi – H 2 PO 4 2- ioni (proton akseptori) dan tarkib topgan: H 2 PO 4 - → H + + H 2 PO 4 2- Proton donori proton akseptori Bu sistemada NaH 2 PO 4 kislota, Na 2 HPO 4 esa tuz vazifasini o‘taydi. Fosfat bufer sistemasi qon bufer hajmining faqat 1% ni tashkil etadi. Oqsil bufer sistemasi – plazma kislota-ishqoriy muhit muvozanatini saqlashda boshqa sistemalarga ko‘ra kamroq ahamiyatga ega. Molekulasi (H 2 N) m · R · (COOH) n shaklida tuzilgan. Shu jumladan, oqsil ham amfoter elektrolitrdir. Oqsil molekulasidagi karboksil guruhi 374 dissotsiatsiyasi natijasida H + ioni ajralib, oqsil molekulasi kuchsiz organik kislota xususiyatiga ega bo‘lib qoladi: Oqsil molekulasidagi NH 2 uning ishqoriy xossasini ta’minlaydi, chunki NH 2 o‘ziga H + ionini biriktirib R - NH 3 ga aylanadi. Oqsil molekulasining bu shakli amfion deyiladi. Garchi ular elektroneytral zarrachalar bo‘lsada muhitning pH ko‘rsatkichi o‘zgarishiga ko‘ra yoki ishqoriy, yoki kislotalik xossaga ega bo‘ladi. Gemoglobin bufer sistemasi – qonning eng kuchli bufer sistemasidir. U qonning umumiy bufer hajmining 70%ini tashkil etadi. Gemoglobin bufer sistemasi ionlashmagan gemoglobin HHb (proton donori) va gemoglobin kaliy tuzi – KHb (proton akseptori) dan tarkib topgan. Kislotali xossaga ega bo‘lgan birikmalar gemoglobinning kaliy tuzi bilan birikib kislotaning kaliy tuzini hosil qiladi va bunda erkin gemoglobin hosil bo‘ladi. Gemoglobinning buferlik xususiyati avvalo ana shunga asoslangan. KHb + H 2 CO 3 → KHCO 3 + HHb Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling