Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kislorod va uglerod dioksidining tashilishi
101-rasm. Kislorodning faol shakllari
370 Vodorod peroksidi eritrotsitlarda ko‘p bo‘ladigan katalaza va qaytarilgan glutationdan foydalanuvchi glutationperoksidaza ta’sirida parchalanib turadi: katalaza 2H 2 O 2 ——————— → 2H 2 O + O 2 glutation peroksidaza 2 H 2 O 2 + 2GSH ————————— → 2 H 2 O + O 2 + GSSG Hosil bo‘lgan glutationning oksidlangan shakli pentozofosfat yo‘lida hosil bo‘lib turgan NADFH 2 ni vodorodi hisobiga qaytarilib turadi va bu jarayonni glutationreduktaza fermenti katalizlaydi: glutationreduktaza GSSG + NADFH 2 ———————————— → 2GSH + NADF + Bu jarayonlar normal holatda eritrotsitlarda O 2 ni ko‘p to‘planishiga yo‘l qo‘ymaydi. Biroq organizmga ko‘p miqdorda oksidlovchi moddalar tushib qolishi natijasida metgemoglobinning hosil bo‘lishi oshadi. Bu jarayon o‘z navbatida O 2 - ni ko‘p hosil bo‘lishiga olib keladi (101-rasm). Natijada, bu sistema faol shakldagi kislorodni bartaraf etishni uddalay olmay qoladi. Bularning hammasi superoksid, vodorod peroksid va kislorodning boshqa erkin shakllarini to‘planishiga, u o‘z navbatida eritrotsit membranasidagi oqsillar, lipidlarni perekisli oksidlanishga uchratib, eritrotsitlarning gemoliziga sabab bo‘ladi. Tibbiyot amaliyotida metgemoglobinreduktazani faolligini irsiy pasayishi natijasida vujudga keladigan oilaviy metgemoglobinemiya pentozofosfat yo‘lining birinchi fermenti glyukoza-6- fosfatdegidrogenazaning faolligini irsiy past bo‘lish holatlarida uchrab turadi. Bunday odamlar oksidlovchilar ta’siriga ko‘proq sezgir bo‘ladilar. Kislorod va uglerod dioksidining tashilishi Kislorodni o‘pkadan to‘qimalarga, CO 2 ni to‘qimalardan o‘pkaga qon oqimi orqali tashilishini ta’minlovchi kuchlari ular konsentratsiyalari gradiyentining qon bilan alveolalar va to‘qima suyuqligi o‘rtasidagi farqidir. Alveolalar havosida O 2 parsial bosimi 371 100 mm ga teng (simob ustun hisobida). Hujayralararo suyuqlikda bu ko‘rsatgich 35 mm ga teng. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling