Biokimyo pmd
-jadval Sut emizuvchilar jigarining kimyoviy tarkibi
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
30-jadval
Sut emizuvchilar jigarining kimyoviy tarkibi Tarkibiy qismlar Miqdori, % Tarkibiy qismlari Miqdori,% Suv 70-75 Fosfolipidlar 1,5-2,0 Quruq modda 25-30 Xolesterin 0,3-0,5 Oqsil 12-24 Glikogen 2-8 Lipidlar 2-6 Temir 0,02 Triatsilglitse- 1,5-2,0 rollar Jigarning quruq vazni umumiy og‘irligining yarmidan ko‘prog‘i oqsillardan iborat. Uning taxminan 90%ni oqsillar tarkibida globulinlar tashkil etadi. Ulardan keyin albuminlar, nukleoproteinlar va kollagenlar uchraydi. Yuqorida ko‘rsatilgan oqsillardan tashqari jigar uchun xususiy bo‘lgan xromoproteid va ferritinlar ham mavjud. U turli fermentlarga juda boy bo‘lib ularning ko‘pchiligi faqatgina jigar uchun xos bo‘lgan fermentlardir. Bu fermentlarga sistein va gistidin almashinuvini va fosfat kislota ajralishini, glyukuron kislota efirlarning hosil bo‘lishi hamda fermentlari misol bo‘la oladi. Jigarning umumiy vaznidan 5% glikogen tashkil qiladi (jadval). Turli patologik holatlarda glikogenning miqdori o‘zgaradi. Jigar yog‘larining tarkibida 1-2% neytral yog‘lar, 1,5-3% fosfolipidlar, 0,3-0,5% miqdorida xolesterin bo‘ladi. Ozuqa moddalardagi vitaminlar va mineral moddalar (Na, K, Ca, Fe, Zn, Cu, Mn, As va boshqalar) jigarda zaxira holatida yig‘iladi. Jigar o‘zida boradigan metabolik jarayonlarning turli-tumanligi bilan boshqa a’zolardan farqlanadi. Jigar quyidagi asosiy jarayonlarni amalga oshirishda qatnashadi: 1. Karbonsuvlar almashinuvida. 2. Oqsillar almashinuvida va ular almashinuvining oxirgi mahsuloti bo‘lgan siydikchil sintezida. 3. Yog‘lar almashinuvida va ularning hazm bo‘lishida zarur omil bo‘lgan o’t kislotalar sintezi va o‘t hosil qilishda. 384 4. Boshqa a’zolar uchun zarur bo‘lgan moddalar sintezida, ya’ni glyukoza, keton tanachalar va qon plazmasi oqsillarining sintezlanishida. 5. Organizmda modda almashinuvi jarayonlarida hosil bo‘ladigan va tashqi muhitdan organizmga tushgan zaharli moddalarni zararsizlantirishda. 6. Metabolizm natijasida hosil bo‘lgan ayrim moddalarni (xolesterin, o‘t kislotalari, o‘t pigmentlari va boshqa moddalar) ichakka ajratib turishda. 7. Qon aylanishini boshqarishda, ya’ni qopqa vena sistemasini umumiy qon aylanish sistemasi bilan bog‘lashda. 8. Qon yaratuvchi markaziy a’zo sifatida (embrionlarda). 9. Qonning ivish jarayonini fibrinogen, protrombin va geparin ishlab chiqarish yo‘li bilan boshqarishda; 10. Provitaminlarni vitaminlarga aylantirishda; 11. Temirni tashuvchi transferrin va ferrintinlarni sintezi va boshqa vazifalarni bajarishda ishtirok etadi. Jigarning tuzilishi va shakli jihatidan yetarli rivojlanmasligi undagi fermentlar faolligining pasayishiga va metabolik jarayonlarning o‘zgarishiga olib keladi. Bu holat bola organizmida giperbilirubinemiya, giperfenilalaninemiya, gipoproteinemiya, gipoprotrombinemiya, gipoglikemiya va galaktozemiya kelib chiqishiga olib keladi. Aytib o‘tilgan o‘zgarishlarning kelib chiqish mexanizmlarini keyingi sahifalarda batafsil yoritib o‘tamiz. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling