Biokimyo pmd
Qon ivishiga qarshilik qiladigan omillar
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- JIGAR BIOKIMYOSI. JIGARNING FAOLIYATI
Qon ivishiga qarshilik qiladigan omillar
Qon ivishiga qarshilik qiladigan sistema proteolitik fermentlarni ingibitsiyalab qo‘yadigan bir to‘p plazma oqsillaridan iborat. Plazma oqsili – III-antitrombin qon ivishida ishtirok etadigan hamma proteinazalarni ingibirlab qo‘yadi. Geparin III-antitrombinning ingibitsiyalovchi ta’sirini kuchaytiradi. Geparin birikishi ingibitorning trombin va boshqa omillarga yaqinligini kuchaytiradigan konformatsion o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. 104-rasm. Fibrinoliz jaroyoni Antitrombin III qon ivishiga qarshi qondagi asosiy omillardan biri. Ammo qonda yana proteinazalar ingibitori bo‘lmish omillar mavjud. 381 Shulardan biri – γ-makroglobulindir. U molekula massasi 720 000 bo‘lgan yirik oqsil bo‘lib to‘rtta protomerdan tarkib topgan. Uning tarkibida ko‘pgina proteinazalar uchun substrat bo‘lib xizmat qiladigan peptid qismlari bor. Proteinazalar ana shu tuzoq xo‘raklariga kelib birikishi natijasida ushlanib qoladi. α 2 -makroglobulin bilan ferment kompleksi qondan tez (taxminan 10 daqiqada) chiqib ketadi. 382 XVII BOB JIGAR BIOKIMYOSI. JIGARNING FAOLIYATI Jigar organizmning modda almashinuvida ishtirok etuvchi markaziy a’zolaridan birini tashkil etadi. U ovqatning osh-qozonichak yo‘lida haz-mlanishi natijasida hosil bo‘lgan moddalarni qopqa venasi orqali qabul qilib, umumiy qon aylanish doirasiga o‘tkazib berishda muhim vazifalarni baja-radi. Jigar qopqa venasi va jigar arteriyasi hisobiga oziqlanadi. Jigar arteriyasi uni kislorod va ayrim jigar uchun zarur bo‘lgan moddalar bilan ta’min-laydi. Qopqa venasi va jigar arteriyasi jigarda 400 m 2 ga yaqin kapillyaralar to‘rini hosil qilib, undan bir kecha- kunduzda 9000 l gacha qon o‘tadi. Uning 80% qopqa venasi hisobiga, 20% esa jigar arteriyasi hisobiga to‘g‘ri keladi. 383 Odam jigarining og‘irligi o‘rtacha 1,5 kg ni tashkil etadi. Jigarning asosiy vaznining 80% jigar hujayralari (gepatotsitlar)dan iborat. 15% endoteliol hujayralar bo‘lib, shu hujayralarning 30% ini kupfer hujayralari tashkil qiladi. Jigarda kupfer hujayralaridan tashqari oz miqdorda qo‘shuvchi to‘qima ham bor. Jigarning umumiy og‘irligining 70% ini suv tashkil qiladi (30-jadval). Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling