Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
105-rasm. Mikrosamal oqsidlanish jarayonlari mexanizmi
386 1. Sitoxrom P-450 fermenti (Fe 2+ ) substrat (S) bilan birikib ferment- substrat kompleksini hosil qiladi. 2. Sitoxrom P-450 tarkibidagi temir Fe 2+ ga qaytariladi. Bu reaksiya NADFH-reduktaza ishtirokida borib u ferment kislorodni substrat kompleksiga birikishini amalga oshiradi. 3. Bir atom kislorod substratni oksidlanishi uchun, yana bir atomi suv molekulasini hosil qilishga sarflanib sitoxrom P-450 tarkibidagi temir yana uch valentlikka (Fe 3+ ) o‘tadi. 4. Oksidlangan substratning eruvchanligi oshadi va metabolitik reaksiya osonlashadi. Sitoxrom P-450 substratning keyingi molekulasi bilan reaksiyaga kirishadi. Reaksiyalarni ketma-ketligi R. Estabook sxemasi (1971) orqali ifodalangan. Keltirilgan reaksiyada NADFH 2 ta’minotchilari: 1) izotsitratdegidrogenaza; 2) glyukoza-6-fosfat degidrogenaza; 3) 6-fosfoglyukonatdegidrogenaza. Sitoxrom P-450 bilan ro‘y beradigan reaksiyalar oraliq va oxiri zaharli moddalar hosil bo‘lishi bilan o‘tadi (H 2 O 2 , OH, O 2 -, CO va boshqalar). Bu moddalarni zararsizlantirishda hujayra membranasi tarkibiga kiruvchi antioksidant vitaminlar (A, E, C va boshqalar), erkin radikallarga qarshi aktivlikka ega bo‘lgan mikroelementlar (Zn, Cu, Ni, Se va boshqalar) va fosfolipidlar himoya vazifasini bajaradi. Sitoxrom P-450 ni katalitik aktivligi 3 xil yo‘l bilan boshqariladi: 1. Molekula ichida o‘zgarishlar qilib sitoxrom P-450ni substrat spesifikligini o‘zgartirish bilan. 2. Molekulalararo ta’sirot natijasida sitoxrom R-450-reduktaza fermenti faolligini o‘zgarishtirish bilan. 3. Sitoxrom R-450 fermenti sintezini kuchaytirish (induksiya) yo‘li bilan. Bu boshqaruv yo‘li tibbiyotda keng qo‘llaniladi. Buning uchun fenobarbital (lyuminal), ziksorin, benzonal kabi dorivor moddalar ishlatiladi. Zaharli moddalar zararsizlantirilishining ikkinchi bosqichi konyugatsiyalanish, ya’ni glyukuron yoki sulfat kislotasini biriktirish bilan borib, reaksiyalarni jigar endoplazmatik to‘rining fermentlari katalizlaydi. Glyukuron kislota glyukozaning oksidlanishidan hosil bo‘ladi. U UTF bilan birikib UDF glyukuronatni hosil qiladi. Sulfat kislota ATF bilan birikib FAFS — fosfoadenozinfosfosulfatni hosil qiladi. Bu jarayonlarni quyidagi misollarda ko‘rib o‘tamiz: 387 1. Ksenobiotiklar birinchi bosqichda oksigenazalar ishtirokida oksidlanadilar. 2. Oksidlangan moddalar ikkinchi bosqichda UDFGK- yoki FAFS- transferazalari ishtirokida konyugatsiyaga uchraydilar. Konyugatsiya yo‘li bilan aminokislotalar almashinuvini natijasida hosil bo‘lgan fenol, krezol, skatol kabi moddalar va boshqa zaharli moddalar zararsizlantiriladi. Konyugatsiyaga uchragan moddalarning molekulalarida gidrofil guruhlar hosil bo‘ladi va moddaning suvda eruvchanligi ortadi. Natijada organizmdan chiqarib yuborilishi osonlashadi. 388 Yo‘g‘on ichakda triptofan aminokislotasidan hosil bo‘lgan skatol, indol, indoksil va indoksilsulfatning kaliyli tuzlari, hayvon indikani miqdorini tekshirish amaliyotda ichakda chirish jarayonining borishi, jigarning zararsizlantirish vazifasi haqida ma’lumot beradi. Turli dori moddalari ham jigarda metabolik o‘zgarishlarga uchraydi. Masalan: lyuminal (fenobarbital) yuqorida ko‘rsatilgandek oksidlanishga va konyugatsiyaga uchrab oksifenobarbitalglyukuronid shaklida zararsizlantirilsa, atsetilsalitsilat kislotasi (aspirin) esa o‘ziga xos o‘zgarishlarga uchraydi. Dastlab aspirin deatsetillash reaksiyasi natijasida salitsilat hosil qilib, so‘ng UDFG ishtirokida salitsilatglyukuronidga aylanadi. 389 Hosil bo‘lgan moddani oksidlanishi, gomogentizinat kislotasini glitsin kislotasi bilan birikishi salitsilpiruvat kislotasini hosil bo‘lishiga va organizmdan chiqarilib yuborilishiga olib keladi. Organizmda ayrim metabolitlar (salitsilat, o‘t kislotalari, benzonat va nikotin kislotasi) glikol kislotasi bilan birikib juft kislotalarni hosil qilib, ularni zararsizlantirishini amalga oshirgani uchun, bu usuldan jigarning zararsizlantirish qobiliyatini aniqlashda foydalaniladi. Bu usul birinchi bo‘lib, Kvik tomonidan tavsiya qilinganligi uchun uning nomi bilan ataladi. Ayrim moddalarning zararsizlantirilishi metillanish yoki demetillanish bilan ham boradi. Vitamin PP- (nikotinamid) metilnikotinamid holatida zararsizlantirilib chiqariladi. Nitrozaminlar zararsizlantirilishining buzilishi turli a’zolarda havfli o‘smalar hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Sog‘lom hujayralarning o‘sma hujayralariga aylanishiga sababchi bo‘lgan modda kanserogen deb ataladi. Benzantratsen va zamburug‘lardan hosil bo‘ladigan aflotoksinlar kanserogen moddalar bo‘lib, jigarda epoksidlanish yo‘li bilan zararsizlantiriladi: Jigarda turli xildagi biologik aktiv moddalar (adrenalin, noradrenalin, gista’min, serotonin, tironin) aminooksidazalar ta’sirida oksidlanib zararsizlantiriladi, estrogen, androgen, kortikosteroid gormonlar esa oksidlanib ketosteroidlar holatida siydik bilan chiqarib yuboriladi. 390 Yangi tug‘ilgan bolalar va chaqaloqlarda jigarning ksenobiotiklarni zararsizlantirish qobiliyati yetilmagan bo‘ladi. Masalan: bir oylik bolalarda konyugatsiyalovchi glyukuroniltransferaza, atsetillovchi va deatsetillovchi fermentlarning faolligi katta yoshdagilardagiga nisbatan to‘rt-besh marotaba past bo‘ladi. Shuning uchun bolalar organizmida hosil bo‘lgan zaharli moddalarning va berilgan dorivor moddalarning metabolizmi sust boradi. Shuning uchun bolalarga tavsiya qilinadigan dorilarning miqdori ularning yoshiga qarab belgilanadi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling