Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
106-rasm. Jigarda uglevod almashinuvi
392 Demak, glyukoneogenez jarayonida sut kislotasi molekulasiga ikkita ATF va bitta GTF molekulasi sarflanadi. Glyukoza molekulasini hosil qilish uchun ikkita laktat molekulasi zarur bo‘lgani uchun jami 4ATF va 2GTF sarflanadi. Organizmga glyukoza yetishmagan taqdirda glikogenni glyukozaga aylanishini ko‘rib chiqamiz.Jigarda glikogenning parchalanishi – glikogenoliz ikki yo‘nalishda boradi: 1. Gidrolitik yo‘l, to‘qima amilazasi ta’sirida glikogenning glyukozagacha parchalanishi. 2. Fosforilitik yo‘l, fosforilaza fermenti ta’sirida glyukoza-1- fosfatgacha parchalanishi. Glyukoza fosfat efir holatida ajraladi. Hosil bo‘lgan glyukoza-1- fosfat fosfoglyukomutaza fermenti ta’sirida glyukoza-6-fosfatga aylanadi. So‘ng glyukoza-6-fosfataza fermenti faqat jigarga xos bo‘lgani uchun jigar qondagi glyukoza miqdorini me’yorida saqlab turishda muhim ahamiyatiga ega. Hosil bo‘lgan glyukoza-6-fosfat erkin glyukoza hosil qilishi bilan birga Meyyergof-Parnas-Krebs nazariyasiga binoan glikoliz jarayonida sarflanishi ham mumkin. Organizmda saxarozaning parchalanishidan hosil bo‘lgan fruktoza ham jigarda o‘zgarishlarga uchraydi. Birinchi navbatda ATF ishtirokida va fruktokinaza fermenti ta’sirida fosforlanib fruktoza-1-fosfat hosil bo‘ladi. Fruktoza-1-fosfat maxsus aldolaza ta’sirida ikkita triozaga – glitseraldegid va fosfo- dioksiatsetonlarga parchalanadi (107-rasm). Ulardan keyingi o‘zgarishlar natijasida oraliq moddalar: pirouzum kislotasi va glitserin ham oson hosil bo‘lishi mumkin. Fruktoza-1-fosfataldolaza fermenti faqat jigar hujayralarida joylashganligi uchun parenximatoz gepatit kasalliklarda qonda bu fermentning faolligi ko‘p marotaba oshib ketadi va jigar kasalliklarini aniqlashda katta diagnostik ahamiyatga ega. Jigar kasalliklarda fruktoza 1,6-difosfataldolazaning ham faolligi o‘zgaradi, lekin bu ferment mushaklarda ham bo‘lganligi uchun u jigardagi fruktoza-1-fosfataldolaza singari maxsus xususiyatga ega emas. Qondagi glyukozaning miqdorini me’yorida saqlab turishda jigardagi glikogenning miqdori juda katta ahamiyatga ega. Qondagi ortiqcha glyukoza mushakda va jigarda glikogenga aylanib zaxiraga o‘tadi. Organizm och qolganda jigardagi glikogen zaxirasi sarflanadi va 24 soat ichida jigarda butunlay yo‘qoladi. Glikogenning albuminlar bilan birikmalari 10-20 foizni tashkil qilib, och qolganda ham uzoq vaqt jigarda saqlanadi. 393 Glikogenning jigardagi miqdori uning umumiy massasini 5-7 foizini tashkil qiladi. Bu zaxira qondagi glyukozaning miqdori kamayganida organizm tomonidan o‘zlashtiriladi. Glikogenning sintezi va parchalanishi neyrogumoral yo‘l bilan boshqariladi. Adrenalin, glyukagon, tiroksin, somatrop gormonlar glikogenning parchalanishiga va buning natijasida giperglikemiyaga sabab bo‘ladi. AKTG (adrenokortikotrop), glyukokortikoid va insulin Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling