Biokimyo pmd
O‘tning asosiy vazifalari: Emulsifikatsiya
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xolesterinni erishi.
O‘tning asosiy vazifalari: Emulsifikatsiya. O‘t kislotalari sirt
tarangligini keskin pasaytirish xususiyatiga ega. Shuning uchun ular ichakda yog‘larni emulsiyalaydi, yog‘ kislotalari va suvda erimaydigan sovunlarni eritadi. Kislotalarni neytrallash. O‘tni pH 7,0 atrofida bo‘lib, oshqozondan tushayotgan nordon ximusni neytrallaydi, uni ichakda hazmlanishga tayyorlaydi. Ekskretsiya. O‘t ekskretsiyalangan o‘t kislotalar va xolesterinni muhim tashuvchisi. Bundan tashqari, u organizmdan ko‘pincha dori moddalar, toksinlar, o‘t pigmentlari, mis, rux va simob kabi turli noorganik moddalarni chiqaradi. Xolesterinni erishi. Xolesterin yog‘ kislotalariga o‘xshab suvda erimaydigan birikma. O‘tda o‘t kislotalar va fosfotidilxolin bo‘lganligi sababli erigan holda bo‘ladi. O‘t kislotalari yetishmaganda xolesterin cho‘kmaga tushadi. Bunda toshlar hosil bo‘lishi mumkin. Odatda toshlar o‘t pigmentlari bilan bo‘lgan oqsildan iborat ichki yadroga ega. Ko‘pincha yadrosi xolesterin, kalsiy va bilirubindan hosil bo‘lgan toshlar uchraydi. Bunday toshlarda 80% xolesterin bo‘ladi. O‘t dimiqqanida yoki infeksiya bo‘lganda tosh hosil bo‘lishi tezlashadi. O‘t dimiqqanda 90-95% xolesterin saqlovchi, infeksiyada esa kalsiy bilirubinatdan iborat toshlar hosil bo‘ladi. Bakteriyalar bo‘lganda, o‘tni β-glyukuronidaza faolligi ortadi. Bu esa bilirubin kon yugatlarini parchalanishiga olib keladi, ajralgan bilirubin tosh hosil bo‘lishi uchun substrat hisoblanadi. Avvalo gepatotsitning sirtida (vaskulyar qutbida) bilirubin to‘qima ichidagi oqsil ligandi bilan bog‘lanadi. Bu oqsil bilirubinga nisbatan juda kuchli moyillikka ega va bu birikma EPT membranasidan o‘tishida qulaylikka ega. Bilirubinning konyugatsiyalangan shakli suvda erish xossasiga ega bo‘ladi. Bu esa keyinchalik bilirubinni jigar va buyrak orqali eksretsiya qilinishida qulaylik tug‘diradi. Bilirubinning glyukuron kislotasi bilan birikishi jigar mikrosomalarida UDF- glyukuroniltransferaza fermenti ta’sirida o‘tadi. Kofaktor sifatida bu reaksiyada UDF-glyukuron kislotasi qatnashadi. Avvalo, gepatotsitlarda bilirubinmonoglyukuronid hosil bo‘ladi. Keyinchalik esa kanalchalarida bilirubin-diglyukuronid paydo bo‘ladi. Bilirubinmonoglyukuronidning ikki molekulasidan bir molekulasi konyugatsiyalanmagan bilirubin hosil qiladi. FAFS-fosfoadenozin fosfosulfataza fermenti ta’sirida bilirubindan bilirubin-sulfat hosil qilib zararsizlantiradi va konyugatsiyalangan bilirubin yuzaga keladi. Bu bilirubin zaharlik 410 xossasidan xoli bo‘lib, suvda eruvchan va qonda uning miqdori oshsa (buyrak «bo‘sag‘asi» 27,36-34,2 mkmol/l) buyrak orqali siydik bilan chiqadi. Konyugatsiyalangan bilirubin jigar hujayralarining biliar qutbidan ajralib o‘t kapillyarlariga o‘tadi. Bu jarayon ma’lum miqdorda energiya sarflash hisobiga bajariladi va bunda energiya manbai sifatida ATF qatnashadi. Bilirubinni ekskretsiya qilish faoliyati jigar hujayralarining tezda har xil holatlarning ta’siriga beriluvchan funksiyalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bilirubin o‘tning tarkibida konyugatsiyalangan bo‘lib ichakka o‘tadi va u yerda bakteriyalarning fermentlari-degidrogenazalar ta’sirida rangsiz urobilin tanachalariga: 1-urobilinogen, 3-urobilinogen, sterkobilinogenlargacha tiklanadi. Bularning bir qismi darvoza venasi orqali katta qon aylanish yo‘liga o‘tadi va siydik orqali ajraladi. Sog‘lom odamlarning siydigi bilan bir kecha-kunduzda 0,5-2 mg urobilinogen ajraladi. Siydik bir oz idishda turib qolsa, urobilinogen oksidlanib urobilinga va so‘ngra uroxromga aylanadi. Urobilinogenning asosiy qismi ichakning quyi qismlariga tushib, u yerda oksidlanib sterkobilinga aylanadi. Bir kecha-kunduzda najas orqali 150-300 mgacha sterkobilinogen va sterkobilin ajraladi. Chaqaloqlarda va hayotning dastlabki uch oyi davomida ona suti bilan ta’minlangan bolalar ichagida (ichak tayoqchalari bo‘lmagani uchun) bilirubindan sterkobilin hosil bo‘lmaydi. Siydikda bilirubin moddasi bo‘lmaydi, urobilin juda oz miqdorda bo‘ladi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling