Biokimyo pmd


Gepatotsitlar tomonidan konyugatsiyalanmagan bilirubining


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

Gepatotsitlar tomonidan konyugatsiyalanmagan bilirubining
qamrab olinishi va zararsizlantirishi. Sariqilik
O‘t sariq — jigarrang suyuqlik bo‘lib, jigar hujayralaridan ajraladi.
Odamda 1 sutkada 500-700 ml o‘t ajraladi (1 kg tana vazniga 10 ml).
O‘t ajralish beto‘xtov bo‘ladi. Ammo bu jarayonning jadalligi sutka
davomida keskin o‘zgarib turadi. Ovqat hazmlanmagan davrda jigar
o‘ti o‘t pufagiga o‘tadi. U yerda suv va elektrolitlarni qayta so‘rilishi


408
natijasida quyiladi. Jigar o‘tini zichligi 1,01, o‘t qopining – 1,04. O‘t
qopidagi asosiy tarkibiy qismlar konsentratsiyasi jigarnikiga nisbatan
5-10 barobar yuqori.
32- jadval
Odam o‘ti asosiy tarkibiy qismlarini miqdori
Tarkibiy qismi Jigar o‘ti O‘t pufagi Tarkibiy qismi Jigar o‘ti O‘tpufagi
o‘ti o‘ti
Suv, %
97,4
86,65
Noorganik 0,84 0,65
tuzlar
Quruq modda, % 2,6
13,35
Ionlar, mmol/l: 145
130
kationlar: Na
+
O‘t kislotalar 1,03
9,14 K
+
5
9
tuzlari
Pigmentlar va 0,53
2,98
Ca
+2
2.5
6
mutsin
Xolesterin
0,06
0,26
Anionlar: Cl
-
100
75
O‘t kislotalari 0,14
0,32
ClO
3
-
28
10
va lipidlar
O‘tning hosil bo‘lishi gepatotsitlardan suv, o‘t kislotalari va
bilirubinni faol ajralishi bilan boshlanadi. Natijada o‘t kanalchalarida
birlamchi o‘t paydo bo‘ladi. U o‘t yo‘llaridan o‘tgan vaqtida qon
plazmasi bilan bog‘lanishda bo‘lib, natijada, o‘t va plazma o‘rtasida
elektrolitlar muvozanati o‘rnatiladi. Ya’ni o‘t hosil bo‘lishida asosan 2
ta mexanizm – filtratsiya va sekretsiya qatnashadi.
Jigar o‘tida 2 guruh moddalarni ajratishi mumkin (32-jadval).
Birinchi guruh — o‘tda kam miqdorda saqlanuvchi moddalar, qon
plazmasi konsentratsiyasidan kam farqlanadi (masalan: Na
+
, K

ionlari,
kreatin va boshqalar). Bu filtratsion mexanizmni borligini isbotlaydi.
Ikkinchi guruhga kiradigan moddalar konsentratsiyasi jigar o‘tida qon
plazmasiga nisbatan ko‘p marotaba yuqori bo‘ladi (bilirubin, o‘t
kislotalari va boshqalar), bu sekretor mexanizmni mavjudligidan dalolat
beradi. Keyingi yillarda o‘t hosil bo‘lish mexanizmida faol sekretsiyani
ustunligi haqida ko‘proq ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda. Bundan
tashqari, o‘tda bir qator fermentlar aniqlangan. Ulardan jigar tabiatiga
ega bo‘lgan ishqoriy fosfataza alohida o‘rinni egallaydi. Bu fermentni
faolligi qon zardobida o‘t chiqishi buzilganda ortadi.


409

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling