Biokimyo pmd
-jadval Jigar kasalligi bilan og‘rigan bemorlardagi biliar ko‘rsatkichlar
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jigarning yog‘lar almashinuvidagi ishtiroki
31-jadval
Jigar kasalligi bilan og‘rigan bemorlardagi biliar ko‘rsatkichlar Tekshiruvluvchi modda Kasallik Sog‘lom Jigar Jigar Birlamchi Jigar odamlarda osti xolestazi sirrozi immuno- kasallik- sirroz lari α-lipoproten, 310 ± 28 64 ± 14 60 ± 9 42 ± 8 72 mg/100 ml g/l 3,1 ± 0,28 0,64 ± 0,14 0,6 ± 0,09 0,42 ± 0,08 0,72 Å-lipoprotein, 440 ± 56 580 ± 12 520 ± 61 710 ± 110 450 mg/100 ml g/l 4,4 ± 0,56 5,8 ± 0,12 5,2 ± 0,61 7,1 ± 1,1 0,45 Å-glikoprotein, 24 ± 2 14 ± 3 10 ± 2 16 ± 3 11 mg/100 ml g/l 0,24 ± 0,02 0,14 ± 0,03 0,1 ± 0,02 0,16 ± 0,03 0,11 IgG, 1100 ± 120 1180 ± 190 1240 ± 110 1300 ± 210 1250 mg/100 ml g/l 11 ± 1,2 11,8 ± 1,9 12,4 ± 1,9 13 ± 2,1 1 2,5 JgM, 190 ± 22 180 ± 23 210 ± 16 220 ± 20 340 mg/100 ml g/l 1,9 ± 0,22 1,8 ± 0,23 2,1 ± 0,16 2,2 ± 0,2 3,4 IgA, mg/100 ml g/l 130 ± 18 140 ± 16 150 ± 16 660 ± 96 133 1,3 ± 0,18 1,4 ± 0,16 1,5 ± 0,16 6,6 ± 0,96 1,33 Fibrinogen, 270 ± 28 230 ± 24 190 ± 17 220 ± 32 290 mg/100 ml g/l 2,7 ± 0,28 2,3 ± 0,24 1,9 ± 0,17 2,2 ± 0,32 2,9 Jigarning yog‘lar almashinuvidagi ishtiroki Jigar yog‘lar almashinuvidagi barcha bosqichlarda ishtirok etadi. Yog‘larning hazmlanishi va so‘rilishi uchun o‘t suyuqligi zarur omil bo‘lib, u jigarda ishlab chiqariladi. Odam jigarida bir kecha — kunduzi 500-700 ml o‘t suyuqligi ishlab chiqariladi. Jigardagi o‘t suyuqligi tarkibida 2-14 g\l, o‘tpufagida esa 115 g\l hisobida o‘t kislotalari bo‘ladi. Jigar o‘tining solishtirma og‘irligi 1,010 bo‘lib, o‘t pufagida esa 1,026- 1,050 ga teng. O‘tning quruq qismini asosan o‘t kislotalari tashkil qiladi. O‘t kislotalarning 80-90% xolesterindan hosil bo‘ladi. O‘t tarkibida holat, dezoksiholat va ularning glikokol va taurin bilan hosil qilgan juft birikmalari bo‘ladi. O‘t kislotalari va ularning tuzlari sirt tarangligini pasaytiruvchi bo‘lib suv-yog‘ chegarasidagi taranglik kuchini pasaytiradilar. Shuning uchun o‘t ta’sirida yog‘ mayda zarrachalarga parchalanib, ularda o‘t kislotalari gidrofil qobiqlarni hosil 401 qilib, lipolitik fermentlarning ta’sir qilishiga imkoniyat tug’diradilar va lipazaning aktivligini oshiradi. Yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqari o‘t kislotalarni yog‘lar hazmlanishi natijasida hosil bo‘lgan moy kislotalari bilan birikib xolein komplekslarini hosil qiladilar. Hosil bo‘lgan komplekslar suvda yaxshi erigani uchun ichak devorlari orqali osonlikcha so‘riladi. Xolein komplekslarning bir qismi ichak devorlarida, so‘rilgan qismi esa jigar hujayralarida yog‘ va o‘t kislotalarga parchalanadilar. Hosil bo‘lgan o‘t kislotalari qaytadan o‘t yo‘llarida, yog‘lar almashinuvida ishlatiladi. Demak, jigarda o‘t chiqarilishining buzilishi yog‘larning hazmlanishi, so‘rilishini buzilishiga va axlat bilan yog‘ning 50% gacha chiqarib yuborilishiga olib keladi. Bunday holat steatoreya deb nomlanadi. Sog‘lom odam najasida faqat 10% gacha yog‘ bo‘lishi mumkin. Yog‘lar so‘rilishining buzilishi va yetishmovchiligiga olib keladi. Organizmdan buyrak orqali o‘tmaydigan ba’zi moddalar o‘t tarkibida chiqariladi. Bu moddalarga bengalrot, azur, mikroelementlar va boshqalar misol bo‘lib, ular jigarning ekskretor vazifasining jadalligini ko‘rsatadi. Ko‘rsatilgan moddalar qon aylanish jarayonini tajribada o‘rganishda qo‘llanilanadi. Ko‘proq bromsulfalein jigarning faoliyatini aniqlashda foydalinalanadi. Yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqari jigar yog‘larning oraliq almashinuvida ham faol ishtirok etadi. Ichakning shilliq qavati orqali so‘rilgan yog‘lar qopqa venasi orqali jigarga boradi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling