Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
111-rasm. Siydik hosil bo‘lishi jarayoni
418 aylanadi. Kanalchalarda 99% suv, natriy, xlor, gidrokarbonat, aminokislotalar, 93% kaliy, 45% siydikchil reabsorbsillanadi. Nefronlarda 1 sutkada 180 l suyuqlik filtrlanadi va qaytadan so‘riladi. Reabsorbsiya natijasida birlamchi siydikdan ikkilamchi siydik hosil bo‘lib, u kosacha va qovuqda to‘planadi. Uning tarkibidagi asosiy moddalar rasmda keltirilgan. Nefron proksimal qism hujayralari filtratga o‘tgan glyukoza, aminokislota, vitamin, elektrolitlarni; birlamchi siydikdagi 6/7 suyuqlikni proksimal kanalchalarda reabsorbsiyalaydi. Distal kanalchalarda natriy qo‘shimcha reabsorbsiyalanadi, unda nefron bo‘shlig‘iga kaliy ionlari, ammoniy, vodorod ajralishi mumkin. Hujayradagi ATF 80% energiyasi natriy reabsorbsiyasida faoliyat ko‘rsatuvchi «natriy nasosi»ga sarflanadi. Proksimal qismda suvning so‘rilishi natriyning faol so‘rilishi hisobiga passiv amalga oshiriladi. Distal qismda, natriy ionlari so‘rilishga bog‘liq bo‘lmagan holda, antidiuretik gormon yordamida boshqariladi. Natriydan farqli ravishda kaliy nafaqat reabsorbsiyalanadi, balki sekretsiya ham qilinadi, bu «natriy – kaliy nasosi»ning ishi hisobiga boradi. Turli moddalarning reabsorbsiya va sekretsiyasi MNS va gormonal omillar yordamida boshqariladi. Buyraklarda natriy va suv reabsorbsiyasi quyidagicha boshqariladi: Buyrak koptokchalariga qon oqimi pasayganda arteriolalar devori cho‘ziladi, natijada arteriolalar devoridagi yukstaglomerulyar apparat hujayralari qo‘zg‘alib, renin fermentini ishlab chiqara boshlaydi (rasm). Uning ta’sirida angiotenzinogen angiotenzin I ga aylanadi. O‘pkada dipeptidil–karbosipeptidaza I ta’sirida angiotenzin I dan oktapeptid angeotenzin II hosil bo‘ladi. Uning ta’sirida buyrak usti bezida aldosteron sekretsiyasi kuchayadi, natijada kanalchalarda natriy reabsorbsiyasi ortadi, bir vaqtda suvning reabsorbsiyasi ham ortadi. Sirkulyatsiya qiluvchi qon hajmi ortadi. Arteriolada bosim oshadi va sistemada muvozanat tiklanadi (112-rasm). Yukstaglomulyar apparat hujayralarida reninnnig ishlab chiqarilishi buyrakning muhim inkretor (ichki sekretor) a’zo ekanligini ko‘rsatadi. Buyraklarda ishlab chiqarilgan eritropoetin oqsil tabiatiga ega bo‘lib, eritropoezni kuchaytiradi. 419 112-rasm. Buyrak gormonlari va reninangiotenzin sistemasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling