Biokimyo pmd
Jigar xastaliklarida oganizmda
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
Jigar xastaliklarida oganizmda
kuzatiladigan biokimyoviy o‘zgarishlar Gepatotsit qobig‘i butunligining buzilishi, o‘tkazuvchanligining ortishi quyidagi o‘zgarishlarga olib keladi: 1. Jigarga xos bo‘lgan fermentlarning qonda paydo bo‘lishi va faolligining ortishi. Me’yorda AlaT (alaninaminotransferaza), AsAT (aspartata’minotransferaza) deyarli qon zardobida bo‘lmaydi yoki ularning miqdori juda kam. Fermentlarning nisbati AsAT/ AlaT de Ritis koeffitsiyenti deb nomlanadi va sog‘lom odamda 1 dan yuqori bo‘ladi. Jigar xastligida keltirilgan koeffitsiyent 1 dan kamayadi. Shular bilan birga qon zardobida aldolaza, LDG 4 va LDG 5 , glutamatdegidrogenaza, fruktoza-1-fosfataldolaza faolliklari ortishi ko‘rsatiladi. 2. Bevosita bilirubin hisobiga giperbilirubinemiya yuzaga keladi. 3. Qon zardobida temir, vitamin B 12 miqdorlarining ortishi. O‘t to‘planishi yoki jigarni ekskretor qobiliyati buzilishi bilan boradigan holatlarda: 1. Qonda γ-glutamiltranspeptidaza faolligi ortadi. 2. Qon zardobida ishqoriy fosfataza faolligi ortadi. 3. Giperbilirubinemiya kuzatiladi. 4. Giperxolesterinemiya, qonda ZPLP miqdori ortadi va ZYLP miqdori kamayadi. Gepatotsitlar yetishmovchilik sindromida: 1. Qonda xolinesteraza faolligi pasayadi. 2. Giporoteinemiya va qonda albuminlar miqdori kamayishiga bog‘liq disproteinemiya. 414 3. Qonda protrombin va boshqa qon ivish omillari miqdorining kamayishi, qon ivish jarayonini buzilishi. 4. Giperxolesterinemiya, xolesterinni efirlanish koeffitsiyenti kamayishi. 5. Giperbilirubinemiya. Jigar retikulo-endoteliyasining yallig‘lanish sindromida: 1. Qon zardobida globulin miqdorining ortishi; 2. Oqsil cho‘ktiruv testlar natijalarining o‘zgarishi (timol, Veltman, sulema, rux, sulfat, geparin va boshqa testlar). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling