Biokimyo pmd
Siydikning umumiy xususiyatlari va tarkibiy qismlari
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
Siydikning umumiy xususiyatlari va tarkibiy qismlari
Siydikning umumiy xususiyatlari Katta yoshdagi odamlarda me’yorda bir sutkada ajralib chiqadigan siydikni miqdori 1000 ml dan 2000 ml gacha bo‘lib, qabul qilingan suyuqlik hajmining o‘rtacha 50–80% tashkil etadi. 500 ml dan kam va 2000 ml dan ko‘p siydikni sutkalik miqdori katta yoshdagilarda patologik holat deb hisoblanadi. Siydik hajmini ortishi (poliuriya) ko‘p miqdorda suyuqlik, diurezni ko‘paytiruvchi ovqat moddalari (tarvuz, qovoq va boshqalar) qabul qilinganda kuzatiladi. Patologik hollarda diurez buyrak kasalliklari (surunkali nefrit va piyelonefrit), qandli diabet va boshqalarda uchraydi. Ko‘p miqdorda siydikni ajralishi – sutkada 15 l gacha va undan ko‘p qandsiz diabetda (diabetes insipidus) kuzatiladi (113-rasm). Sutkalik siydik miqdorini kamayshi (oliguriya) organizmga kam miqdorda suyuqlik qabul qilinganda, tana harorati ortganda (organizmdan teri orqali ko‘p miqdorda suv chiqariladi), qusganda, ich ketganda, toksikoz, o‘tkir nefrit va boshqalarda kuzatiladi. Buyrak parenximasining og‘ir jarohatlarida (o‘tkir diffuz nefrit), siydik tosh kasalligida (siydik nayi berkilganda), rux, simob, margimush bilan zaharlanganda, kuchli asabiylashishda siydik chiqarilishi to‘liq to‘xtalishi (anuriya) mumkin. Uzoq davom etadigan anuriya uremiyaga olib keladi. Me’yor bo‘yicha kechasiga nisbatan kunduzi siydik ko‘p ajraladi. Kunduzgi va tungi diurez o‘rtasidagi nisbat 4:1 dan 3:1 gacha bo‘ladi. Ba’zi patologik hollarda (yurak dekompensatsiyasini boshlang‘ich shakllari, sistopiyelit va boshqalar) kunduziga nisbatan kechasi siydik ko‘p miqdorda ajraladi. Bu holatga nikturiya deb ataladi. Me’yorda siydikning rangi somon – sariqdan to‘q sariqqacha bo‘ladi. Siydik rangi undagi pigmentlar – uroxrom, urobilin, uroeritrin, urozein va boshqalarni saqlanishiga bog‘liq. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling