Biokimyo pmd
Qon – siydikda qizil qon tanachalari (gematuriya) yo
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- (glyukozuriya)
- Keton (atseton) tanachalari
Qon – siydikda qizil qon tanachalari (gematuriya) yoki erigan qon
pigmentlari (gemoglobinuriya) sifatida aniqlanishi mumkin. Gematuriyalar buyrak va buyrakdan tashqari bo‘lishi mumkin. Buyrak gematuriyasi – o‘tkir nefritni asosiy simptomi. Buyrakdan tashqari gematuriya siydik yo‘llari yallig‘lanish jarayonlari yoki jarohat olganda kuzatiladi. Gemoglobinuriya gemoliz va gemoglobinemiya bilan odatda bog‘liqdir. Gemoglobinni plazmadagi miqdori 1 g/l dan ortgandan keyin u siydikda paydo bo‘ladi. Gematuriyani odatda sitologik tekshiruv (siydik cho‘kmasini mikrosko‘p ostida tekshirish), gemoglobinuriyani esa kimyoviy yo‘l bilan aniqlash mumkin. Glyukoza – me’yorda odam siydigida minimal miqdorda glyukoza bo‘ladi. Ularni oddiy sifat reaksiyalari bilan aniqlab bo‘lmaydi. Patologik holatlarda glyukozani siydikdagi miqdori ko‘payadi (glyukozuriya). Masalan, qandli diabetda siydik bilan ajralayotgan glyukoza miqdori sutka davomida bir necha o‘n grammga yetishi mumkin. Ba’zida siydikda boshqa uglevodlar, xususan fruktoza, galaktoza, pentoza aniqlanishi mumkin. Fruktozuriya fruktozani glyukozaga aylantiruvchi fermentlarni irsiy yetishmovchiligida kuzatiladi; shuningdek, irsiy pentozuriya va irsiy galaktozuriya ham uchraydi. Keton (atseton) tanachalari – me’yoriy siydikda bu birikmalar juda kam miqdorda (0,01 g sutkada) uchraydi. Ular oddiy sifat sinamalari bilan (Legal, Lange va boshqa nitroprussid sinamalari) aniqlanmaydi. Keton tanachalari ko‘p miqdorda chiqarilganda sifat sinamalari ijobiy bo‘ladi. Bunday patologik holat ketonuriya deb ataladi. Masalan: qandli diabetda kuniga 150 g gacha keton tanachalari chiqarilishi mumkin. Siydikda hech qachon atseton, atsetosirka kislotasi bo‘lmaydi, yoki aksincha, chiqarilmaydi. Odatdagi nitroprussid sinamalari nafaqat atsetonni, balki atsetosirka kislotani borligini aniqlashga imkon beradi; β – oksimoy kislotasi siydikda keton tanachalari (qandli diabet va boshqalar) juda ko‘payganda paydo bo‘ladi. Keton tanachalari siydik bilan nafaqat qandli diabetda, balki ochlikda, ovqat tarkibida uglevodlar bo‘lmaganida ajralishi bilan bog‘liq kasalliklarda kuzatiladi. Masalan: tireotoksikozda, qon quyilishida, kalla – miya jarohatlarida. Ilk yoshlik davrida oshqozon-ichak yo‘li uzoq davom etadigan kasalliklari (dizenteriya, toksikozlar) ochlik natijasida Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling