429
1940-yilda A. Kvik va A.Ya. Pitel klinik amaliyotga gippur probasini
(Kvik-Pitel probasini) kiritdilar. Me’yorda
jigar hujayralari organizmga
qabul qilingan benzoat kislotani (yengil nonushtadan keyin bemor 3-4
g benzoat natriy qabul qiladi) glitsin bilan biriktirish orqali
zararsizlantiriladi. Hosil bo‘lgan gippur kislota siydik bilan chiqariladi.
Kvik-Pitel probasi o‘tkazilganda me’yorda siydik bilan qabul qilingan
benzoat natriyni 65-85% chiqariladi.
Jigar jarohatlanganda gippur
kislota hosil bo‘lishi buziladi, shuning uchun siydikda uning miqdori
keskin pasayadi.
Siydikni azotsiz organik tarkibiy qismlari – bu shavel, sut va limon
(sitrat),
shuningdek moy, valeriana, qahrabo (suksinat),
β-oksimoy,
atsetosirka va boshqa kislotalar. Sutkalik siydikda organik kislotalarni
umumiy miqdori odatda 1 g dan ortmaydi.
Me’yoriy sutkalik siydikda bu kislotalarni
miqdori milligrammlarga
to‘g‘ri keladi, shuning uchun ularni miqdorini aniqlash juda
murakkabdir. U yoki bu holatlarda ular ko‘pchiligini chiqarilishi
ko‘payadi va ularni aniqlash siydikda oson kechadi. Masalan:
kuchli
mushak ishida sut kislota miqdori, alkalozda – sitrat va suksinat miqdori
ortadi.
Siydikning anorganik (mineral) tarkibiy qismlari – qon va
organizmni boshqa to‘qimalari tarkibiga kiruvchi barcha mineral
moddalar siydik tarkibida bo‘ladi. Sutkalik
siydik quritilganda hosil
bo‘lgan 50–65 g quruq moddani 15–25 g anorganik moddalarga to‘g‘ri
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: