Biokimyo pmd


Siydikning patologik tarkibiy qismlari


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

Siydikning patologik tarkibiy qismlari – keng foydalaniladigan
«siydikni patologik tarkibiy qismlari» tushunchasi shartli bo‘lib, siydik
patologik tarkibiy qismi sifatida ko‘riladigan ko‘pchilik birikmalar, ko‘p
bo‘lmagan miqdorda bo‘lsa ham, me’yoriy siydikda doimo bo‘ladilar.
Boshqacha qilib aytganda, so‘z analitik aniqlanadigan miqdorda
uchramaydigan moddalar haqida ketyapti. Bularga avvalambor oqsil,
glyukoza, atseton (keton) tanachalari, o‘t va qon pigmentlari kiradi.
Oqsil – me’yoriy odam siydigida juda kam miqdorda oqsil bo‘lib,
uning borligini odatda, sifat reaksiyalari bilan aniqlab bo‘lmaydi. Qator
kasalliklarda, ayniqsa, buyrak kasalliklarida, siydikning oqsil miqdori
keskin ortishi mumkin (proteinuriya). Qon zardobi oqsillari, shuningdek
ma’lum darajada buyrak to‘qimasi oqsillari siydik oqsilining manbai
bo‘lishi mumkin.
Proteinuriyalar 2 ta katta guruhga bo‘linadi: buyrak va buyrakdan
tashqari. Buyrak proteinuriyalari oqsillar (asosan qon plazmasi oqsillari)
siydikka nefronni organik jarohatlanishi, buyrak filtri teshiklari


431
o‘lchamini ortishi, shuningdek koptokchalarda qon oqimi pasayishi
natijasida vujudga keladi. Buyrakdan tashqari proteinuriya siydik
yo‘llari yoki prostata bezini jarohatlanishiga bog‘liqdir.
Klinik amaliyotda ko‘p qo‘llanilaniladigan «albuminuriya» iborasi
(siydikda oqsil aniqlanganda) noto‘g‘ridir, chunki siydik bilan nafaqat
albumin, balki globulinlar ham ajraladi. Masalan: nefrozlarda siydikdagi
oqsilni umumiy miqdori 26 g/l gacha bo‘lishi mumkin, bunda albuminlar
konsentratsiyasi 12 g/l, globulinlar esa – 14 g/l.
Odam siydigidagi qator fermentlar faolligini aniqlash mumkin:
lipaza, ribonukleaza, LDG, aminotransferaza, urokinaza, fosfataza
α–
amilaza, leytsinaminopeptidaza va boshqalar. 
α–amilaza va ba’zi boshqa
fermentlardan tashqari fermentlar faolligini aniqlashni asosiy
qiyinchiliklari siydikning quyuqlanishi va bunda ferment faolligini
ingibirlashdan muhofaza qilishga bog‘liqdir.

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling