Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
107-rasm. Fruktoza va galaktoza almashinuvi
394 kabi gormonlar esa glikogenning parchalanishini tormozlaydi va qondagi glyukozaning miqdorini kamaytiradi. Yuqorida ko‘rsatilgan gormonlarning glikogen sinteziga va parchalanishiga ta’siri turlichadir. Masalan: insulin glyukoza-6-fosfataza fermentini faolligini pasaytirib, glyukokinaza va glikogensintetaza faolligini oshirish orqali glikogenni jigarda to‘planishini kuchaytiradi. Glyukokortikoidlar piruvatkarboksilaza fermentining faolligini oshirib, aminokislotalardan karbonsuvlar sintezini kuchaytiradi. AKTG glikogen sintezini buyrak usti bezida glyukokortikoidlarning ishlab chiqarilishining ko‘payishi hisobiga tezlashtiradi. Adrenalin va glyukagon glikogenning parchalanishini hujayra ichida joylashgan fosforilaza faolligini oshirish hisobiga kuchaytiradi. Oshqozon osti bezidan glyukagon gormoni ajralishining ko‘payishi hisobiga somatotrop gormon glikogen miqdorini kamaytiradi. Jigardagi glikogenning almashinuviga Krebs halqasi substratlari ham ta’sir qiladi. Ular miqdorining oshishi glikogenolizni kuchayishiga olib keladi. Yog‘ kislotalari piruvatkinaza va fosfofruktokinazaning faolligini pasaytirib, glikolizni susaytiradi va glyukoneogenezni jadallashtiradi. ATF miqdorining kamayishi, AMF, ADFlar miqdorining ortishi glikogenolizning kuchayishiga, aks holda esa glikogen sintezining kuchayishiga olib keladi. Jigar glikogenni faqatgina glyukozadan sintez qilib qolmay, boshqa monosaxaridlardan, shu jumladan, fruktoza, sut va pirouzum kislotalaridan ham sintez qiladi. Glyukozaga qaraganda fruktozadan glikogen osonroq hosil bo‘ladi. Jigar to‘qimasida glyukozaning oksidlanishidan hosil bo‘ladigan glyukuron kislota — UTF (uridiltrifosfat) bilan reaksiyaga kirishib UDFG (uridildifosfoglyukuron kislota)ni hosil qilib, organizmda vujudga keladigan va unga tushgan zaharli moddalarni zararsizlantiradi. Jigar hujayralarida glyukuron kislotasi kam hosil bo‘lishi va UDFG miqdorining kamayishi uning antitoksik funksiyasining buzilishiga olib keladi. Jigar va mushaklar glikogen saqlaydigan asosiy a’zolar bo‘lib, ularning hisobiga barcha to‘qimalar glyukoza bilan ta’minlanadi va qondagi glyukoza miqdori bir me’yorda tutib turiladi. Kaliy ioni glyukoneogenez, natriy esa glikogenoliz reaksiyalarining borishiga ta’sir qiladi. Jigar to‘qimasida kaliyning miqdori qon plazmasidagiga qaraganda 10 marotaba ko‘p bo‘lsa, natriyning miqdori esa 2 marotaba kamdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling