Biokimyo pmd
Jigarning turli moddalarni zararsizlantirishdagi ahamiyati
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
Jigarning turli moddalarni zararsizlantirishdagi ahamiyati
Jigar, o‘zining bizga ma’lum bo‘lgan ko‘pdan-ko‘p vazifalaridan tashqari, modda almashinuvida hosil bo‘luvchi oxirgi mahsulotlarni yoki tashqaridan organizmga tushgan zaharli moddalarni, dori-darmonlarni zararsizlantirishda ham qatnashadi. Organizmda «qurilish materiali» yoki energiya manbai bo‘lib foydalanilmaydigan yot moddalar ksenobiotiklar deyiladi. Bular organizmga oziq-ovqat, nafas yo‘llari, teri orqali tushadi. Ksenobiotiklardan tashqari organizmning o‘zida hosil bo‘ladigan ba’zi metabolitlar ham zaharli bo‘lib, zararsizlantirilishi lozim. Masalan: bilirubin, steroid gormonlar, katexolaminlar va boshqa moddalar jigarda zararsizlantiriladi. Turli zaharli moddalarning jigarda zararsizlantirilishi o‘ziga xos yo‘llar bilan ikki bosqichda boradi. Birinchi bosqich endoplazmatik to‘rda (EPT) boradi, reaksiyalarni oksidazalar va gidroksilazalar katalizlaydi, ularning kofermenti sitoxrom P-450, b 5 , gem va vitaminlar hisoblanadi. 385 Sitoxrom P-450ning bir qancha o‘xshash shakllari bo‘lib, ular substratlarga monandligi, spesifikligi bilan farqlanadilar. Gepatotsitlarda bu jarayonlar endoplazmatik to‘r (EPT)da ro‘y beradi. Jigarning bu faoliyatini o‘rganish Yaponiya olimlari T. Omuza va S. Sato (1964) jigardan EPT ni ajratib olishga muyassar bo‘lganlaridan so‘ng rivojlangan. EPTning donador va silliq turlari tafovut qilinadi. Donador EPT oqsil sintezida faol ishtirok etadi. Silliq EPT organizmga tushgan begona moddalarni zararsizlantiradi (dori-darmonlar, zaharlar, ba’zi endogen substratlar, xolesterin, o‘t kislotalari, to‘yinmagan yog‘ kislotalar, steroid gormonlar, prostaglandinlar). Membrana yuzasiga ribosomalarning joylanishi EPTni kimyoviy va fermentativ tarkibini deyarli o‘zgartirmaydi. Ammo, donador membrana maxsus funksiyaga ega bo‘lib, oqsil sintezi markaziga aylanadi. Silliq EPT ning donador EPT dan asosiy farqi unda NADFH- sitoxrom P-450-reduktaza fermenti faollikka ega bo‘lib, gidroksillash reaksiyalarini amalga oshiradi. Mikrosomal sistemasining asosiy gidroksillash sistemasiga sitoxrom P-450 va NADFH-sitoxrom P-450- reduktaza kiradi (T. Omuza, 1964; R. Estabook, 1971). Mikrosomalarda gidroksillash reaksiyasi monooksigenaza fermentlari ishtirokida amalga oshiriladi. Bu reaksiya sitoxrom R-450 ishtirokida quyidagi bosqichlarda boradi: Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling