Biokimyo pmd


Qon ivishining ichki mexanizmi


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

Qon ivishining ichki mexanizmi
Qonning ichki ivishi ancha sekin boradi va 10-15 daqiqa talab
qilinadi. Ichki mexanizmda tromboplastin ishtirok etmaydi. Bunda
trombotsit omillari muhim ahamiyatga ega. Qon ivishining ichki
mexanizmi ham fermentlarning faollashuvi bilan boradi. X omilning
X«a» omilga aylanish bosqichidan boshlab qon ivishining ichki va tashqi
yo‘li bir xil bo‘lib davom etadi.
Vitamin K
II, VII, IX, X omillarning peptid zanjirlarida 
γ-karboksiglutamat
kislota bor bo‘lib bu kislota aytib o‘tilgan oqsillarning postranslyatsion
modifikatsiyasi natijasida hosil bo‘ladi.
Vitamin K ana shu reaksiyani katalizlovchi fermentning kofermenti
hisoblanadi.


379
II, VII, IX, X omillar ishtirok etadigan reaksiyalar Ca
2+
va
fosfolipidlar bilan faollashadi; karboksiglutamat radikallari shu
oqsillarda Ca
2+
ni biriktirib olish markazlarini hosil qiladi. Bu omillar
Ca
2+
ionlari ishtirokida o‘zaro va fosfolipid qo‘sh qavati bilan birikib
hosil qilgan kompleksda faollashadi.
Dikumarol molekulasi qurilishi vitamin Kga o‘xshash bo‘lgani
uchun oqsil molekulasidagi glutamil qoldiqlarini 
γ-karboksiglutamilga
aylantiradigan fermentni ingibirlaydi (vitamin Kga antagonist) natijada
qon ivishi qiyinlashadi. Dikumarol amaliyotda qon ivuvchanligi
oshganda trombozlarni oldini olish maqsadida ishlatiladi.
Gemofiliya
Qondagi VIII omilning irsiy nuksonlari A gemofiliya deb ataladi.
U ko’p qonash, qon ketib turishi bilan namoyon bo‘ladi. VIII omil geni
X xromosomada bo‘ladi. Ikkinchi X xromosomasi bo‘lgan ayollarda
bu kasallik kuzatilmaydi. Bitta X xromosomasi bo‘lgan erkaklarda
nuqsonli genning nasldan-naslga berilishi tufayli ularda gemofiliya
kuzatiladi.
Gemofiliyada qon ketishni to‘xtatish maqsadida tarkibida VIII omil
saqlovchi yangi donor qoni yoki VIII omil preparatlaridan
foydalanilanadi.
Fibrinoliz
Qon tomirida hosil bo‘lgan tromb, bir necha kun ichida parchalanib
ketadi. Uning erib ketishida proteolitik ferment plazmin asosiy rolni
o‘ynaydi (104-rasm). Qonda asosan bu fermentning o‘tmishdoshi –
plazminogen bo‘lib, u ko‘pgina to‘qimalarda bo‘ladigan urokinaza yoki
kallikrein ta’sirida faollashadi:


380
Urokinaza tromboflebit, o‘pka tomirlari tromboemboliyalari,
miokard infarktida, katta xirurgik operatsiyalarda tromblarni eritib
yuborish yoki oldini olish maqsadida qo‘llaniladi. Urokinaza olinadigan
manba – odam siydigidir. Streptokokklardan olinadigan ferment –
streptokinaza ham shu maqsadda qo‘llanilanadi.

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling