Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lipidlarning asosiy sinflari
- 19-jadval Odam lipidlari tarkibidagi ba’zi yog‘ kislotalari
- Neytral yog‘lar
LIPIDLAR ALMASHINUVI
Lipidlar suvda erimaydigan, ammo organik erituvchilarda eruvchan, kimyoviy tuzilishi jihatidan xilma-xil bo‘lgan birikmalardir. Lipidlar organizmda muhim vazifalarni bajaradi: 1. Biomembranalarning asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi. 2. Biologik membranalar o‘tkazuvchanligini ta’minlaydi. 3. Nerv impulslarini o‘tkazishda ishtirok etadi. 4. Hujayralararo kontaktni ta’minlashda ishtirok etadi. 5. Organizmda energetik zaxira vazifasini o‘taydi. 6. Organizmga yog‘da eruvchi vitaminlarning tushishi va ularning o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. Eng ko‘p uchraydigan lipid neytral yog‘lar bo‘lib, ular asosan glitserin va yog‘ kislotalaridan tarkib topgan. Odam organizmi lipidlari tarkibida uchraydigan yog‘ kislotalari jadvalda keltirilgan. Lipidlarning asosiy sinflari Neytral yog‘ lar (yoki neytrel gliserollar); Mumlar; Sfingolipidlar: sfingomieliplar, serebrozidlar, gangliozidlar. Steroidlar; Fosfoglitseridlar: fosfatidiletanolamidlar, fosfatidilserinlar, fosfatidilinozitollar, plazmalogenlar, kardiolipinlar. Tabiatda uchraydigan yog‘ kislotalarni shartli ravishda to‘yingan, bitta qo‘shbog‘ tutuvchi va ko‘p qo‘shbog‘ tutuvchi guruhlarga bo‘lish mumkin. Yuqorida ko‘rsatilganidek, ko‘pchilik yog‘ kislotalari tarkibida uglerod juft sonlarni tashkil etadi. Hayvon va o‘simlik lipidlari tarkibiga kiruvchi to‘yinmagan yog‘ kislotalar molekulasida qo‘shbog‘ ko‘pincha 9 va 10-uglerodlar orasida bo‘ladi (19-jadval). 235 19-jadval Odam lipidlari tarkibidagi ba’zi yog‘ kislotalari Nomi Formulasi Raqamlar bilan belgilanadigan simvoli Toyingan yog‘ kislotalari Moy kislota CH 3 (CH 2 ) 2 COOH 4:0 Miristinat kislota CH 3 (CH 2 ) 12 COOH 14:0 Palmitinat kislota CH 3 (CH 2 ) 14 COOH 16:0 Stearinat kislota CH 3 (CH 2 ) 16 COOH 18:0 Araxinat kislota CH 3 (CH 2 ) 18 COOH 20:0 Begenat kislota CH 3 (CH 2 ) 20 COOH 22:0 Lignotserinat kislota CH 3 (CH 2 ) 22 COOH 24:0 Toyinmagan yog‘ kislotalari Palmitooleinat kislota CH 3 (CH 2 ) 5 CH=CH(CH 2 ) 7 COOH 16:1 (9) Oleinat kislota CH 3 (CH 2 ) 7 CH=CH(CH 2 ) 7 COOH 18:1 (9) Linolat kislota CH 3 (CH 2 ) 4 CH=CHCH2=CH(CH 2 ) 7 COOH 18:2 (9,12) Linolenat kislota CH 3 CH 2 CH=CHCH 2 CH= CHCH 2 CH=CH(CH 2 ) 7 COOH 18:3 (9,12,15) Araxidonat kislota CH 3 (CH 2 ) 4 CH=CHCH 2 CH=CH-HCH 2 CH= =CH(CH 2 ) 3 COOH 20:4 (6,9,12,15) Nervonat kislota CH 3 (CH 2 ) 7 CH=CH(CH 2 ) 13 COOH 24:1 (9) Neytral yog‘lar (yoki atsilglitserollar) glitserin va yog‘ kislotalaridan tarkib topgan efirdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling