Biokimyo pmd


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

Fosfoglitseridlar  fosfatid kislota hosilalari bo‘lib, ular glitserin,
yog‘ kislotalar, fosfor kislota va odatda bironta azot tutuvchi
birikmalardan tarkib topgan:
Bir necha xil fosfoglitseridlar guruhi mavjud:
Fosfatidilxolin (letsitin);
Fosfatidiletanolamin;
Fosfatidilserin;
Plazmalogen;
Fosfatidilinozitol;
Kardiolipin.
Sfingolipidlarning uch guruhi mavjud:
Sfingomiyelinlar, serebrozidlar va gangliozidlar.
Sfingolipidlar tarkibiga ikki atomli to yinmagan aminospirt
sfingozin kiradi.
Sfingomiyelinlar hujayra membranalarida, nerv to‘qimasi, buyrak,
jigar to‘qimalarida ko‘p miqdorda uchraydi.
Serebrozidlar tarkibida fosfor kislota ham, xolin ham bo‘lmaydi.
Uning tarkibida geksoza sfingozinning gidroksil guruhi bilan efir bogi
orqali birikkan, yog‘ kislota qoldig‘i esa sfingozinning aminoguruhi
orqali birikkan:


237
Gangliozidlar tarkibida yuqori yog‘ kislota, spirto-sfingozin, D-
glyukoza, D-galaktoza va N-atsetilglyukozamin yoki N-atsetilneyramin
kislota mavjud. Gangliozidlar ko‘proq miyaning kulrang moddasida,
nerv va glial hujayralarning plazmatik membranalarida ko‘p miqdorda
bo‘ladi.
Steroidlar
Steroidlar tabiatda keng tarqalgan birikmalar bo lib,
siklopentanopergidrofenantren halqasini tutadi. Buyrak usti bezining
po‘stloq qismida sintezlanuvchi gormonlar, jinsiy gormonlar, xolesterin
steroidlar guruhiga mansub. Odam organizmida steroidlar guruhiga
mansub bo‘lgan sterinlar (sterollar), yani steroidning spirt shakllari
alohida ahamiyatga ega. Ularning eng muhimi xolesterin (xolesterol):


238
Xolesterin molekulasidagi gidroksil guruhi yog‘ kislotasi bilan
birikib xolesterin efiri xolesteridni hosil qiladi.
Mumlar  yuqori molekulali yog‘ kislotalari va yuqori molekulali
bir yoki ikki atomli spirtdan tarkib topgan murakkab efirlardir.
Teri, yung, patlar ustini qoplovchi yog‘ moddalarning tarkibida
mumlar bor. Osimliklar bargi, mevasini qoplovchi lipidlarning 80% ini
mumlar tashkil etadi.

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling