Biokimyo pmd
Buyrakning kislota-ishqor muvozanatni saqlashdagi vazifasi
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
Buyrakning kislota-ishqor muvozanatni saqlashdagi vazifasi
Kislota – ishqor muvozanatiga buyraklar sezilarli ta’sir ko‘rsatadilar, lekin u qon bufer sistemasidagi o‘pka ta’siriga nisbatan uzoqroq muddatdan keyin namoyon bo‘ladi. O‘pkalarga qondagi vodorod ionlari konsentratsiyasini me’yorlashtirish uchun taxminan 1 – 3 daqiqa talab etiladi, buyraklarga o‘zgargan kislota-ishqor muvozanatini tiklash uchun 10-20 soat zarurdir. Organizmda vodorod ionlari konsentratsiyasini saqlab turishning asosiy mexanizmi bo‘lib buyrak kanalchalari hujayralarida natriyni reabsorbsiyasi va vodorod ionlarini sekretsiyasi hisoblanadi. Bu mexanizm bir necha kimyoviy jarayonlar yordamida amalga oshadi. Ulardan birinchisi – digidrofosfatlarning monogidrofosfatlarga aylanishidagi natriyni reabsorbsiyasi. Koptokchalarda hosil bo‘luvchi buyrak filtrati yetarli miqdorda tuzlar, shuningdek fosfatlar saqlaydi. Lekin monogidrofosfatlarni miqdori birlamchi siydikni buyrak kanalchalari bo‘ylab harakatlanish davrida asta-sekin kamayadi. Qonda digidrofosfatlarni monogidrofosfatlarga nisbati 1:4; koptokcha filtratida 9:1, nefron distal sigmentidan o‘tuvchi siydikda 50:1. Buni natriy ionlarini kanalcha hujayralari orqali tanlab so‘rilishi bilan tushuntirish mumkin. Ular o‘rniga kanalga hujayralardan buyrak kanalchasi bo‘shlig‘iga vodorod ionlari ajratiladi. Shunday qilib, monogidrofosfat Na 2 HPO 4 digidrofosfatga NaH 2 PO 4 aylanadi va shunday holda siydik bilan ajraladi. Kanalcha hujayralarida karbonat kislotadan bikarbonat hosil bo‘ladi, natijada qonni ishqoriy zaxirasi ortadi. Natriy organizmda ushlab qolishini va ortiqcha vodorod ionlarini chiqarilishini ta’minlovchi ikkinchi kimyoviy jarayon – bu kanalcha bo‘shlig‘ida bikorbanatlarni karbonat kislotaga aylantirish. Kanalcha hujayralarida karboangidraza ta’sirida suvni karbonat angidrid bilan birikishi natijasida karbonat kislota hosil bo‘ladi. Karbonat kislotaning vodorod ionlari kanalcha bo‘shlig‘iga chiqadi va u yerda bikarbonat anionlari bilan bog‘lanadi; bu anion chiqadi va u yerda bikarbonat anionlari bilan bog‘lanadi; bu anionlarga teng miqdordagi natriy buyrak kanalchalari hujayralariga tushadi. Kanalcha bo‘shlig‘ida hosil bo‘lgan H 2 CO 3 oson CO 2 va H 2 O ga parchalanadi va organizmdan chiqariladi. Natriyni organizmda saqlanishini ta’minlovchi uchinchi jarayon – buyraklarda ammiakni hosil bo‘lishi. U boshqa kationlar o‘rniga teng miqdordagi nordon moddalarni neytrallash va chiqarib yuborish uchun 421 sarflanadi. Buning asosiy manbai bo‘lib glutaminni dezaminlash jarayoni, shuningdek aminokislotalarni, asosan glutamatni, oksidlanishi bilan boruvchi dezaminlanishi hisoblanadi. Glutaminni parchalanashi glutaminaza fermenti ishtirokida borib, bunda glutamat va erkin ammiak hosil bo‘ladi. Glutaminaza odamni turli a’zo va to‘qimalarida topilgan, lekin uni eng yuqori faolligi buyrak to‘qimasida aniqlangan. Siydik va qondagi vodorod ionlari konsentratsiyasini nisbati 800:1 bo‘lib, buyrakni organizmdan vodorod ionlarini chiqarish qobiliyatini juda yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Organizmda vodorod ionlari to‘planishiga moyillik bo‘lgan holatlarda bu jarayon kuchayadi. Quyidagi kimyoviy jarayonlar yordamida amalga oshiriladi: 1. Gidrofosfatni digidrofosfatga aylanishida natriyning reabsorbsiyasi. 2. Kanalchalarda bikarbonatlarni karbonat kislotaga aylanishi. 3. Glutaminaza fermenti ta’siri ostida glutamindan erkin ammiakning hosil bo‘lishi va uning boshqa kationlar o‘rniga neytrallanish reaksiyalarida qatnashishi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling