Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oliguriyada
113-rasm. Siydikning tarkibiy qismlari
424 To‘q sariq rangga ega bo‘lgan siydik odatda konsentrlangan, yuqori zichlikka ega va nisbatan kam miqdorda ajralib chiqadi. Och sariq (somon) rangidagi siydik past zichlikga ega bo‘lib, ko‘p miqdorda ajralib chiqadi. Patologik hollarda siydikni rangi qizil, yashil, jigar rang va boshqalar bo‘lishi mumkin. Bu unda me’yorda uchramaydigan bo‘yovchi moddalarni mavjudligiga bog‘liq. Masalan: qizil yoki pushti–qizil rang gematuriya va gemaglobinuriyada, shuningdek, antipirin, amidopirin, santonin va boshqa dori moddalarni qabul qilgandan keyin kuzatiladi. Jigarrang yoki qizil–qo‘ng‘ir rang siydikda urobilin va bilirubin konsentratsiyasi yuqori bo‘lganda kuzatiladi. Sog‘lom odam siydigida juda kam miqdorda, gemorroidal vena sistemalaridan so‘riluvchi, sterkobilinogen bo‘ladi. Yorug‘lik va havo ta’sirida rangsiz sterkobilinogen oksidlanib rangli pigmentga (sterkobilin) aylanadi. Klinik amaliyotda siydikda siydik sterkobilini ba’zida urobilin deb ataladi. Jigar kasalliklarida, ichakdan so‘rilgan mezobilinogen (urobilinogen) va tripirrollar parchalanishi buzilganda, siydikda ko‘p miqdorda urobilinogen paydo bo‘ladi (yorug‘lik va havo ta’sirida urobilinga aylanadi). Bunday holatlarda siydik rangi to‘qlashadi. Yashil yoki havorang siydik organizmga metil ko‘ki qabul qilinganda, shuningdek ichakda oqsillarni chirish jarayonlarini ko‘payishida kuzatiladi. Ichakda oqsillarni chirish jarayoni kuchayshida kuzatiladi. Ichakda oqsillarni chirish jarayoni kuchayganda siydikda ko‘p miqdorda indoksilsulfat kislota bo‘ladi, ular indigo hosil qilib parchalanishi mumkin. Me’yorda siydik tiniq bo‘ladi. Tuzlar, hujayra elementlari, bakteriya, shilliq, yog‘ (lipuriya) siydikni loyqalanishini vujudga keltirishi mumkin. Siydik loyqalanishining sababini yoki mikrosko‘p ostida (siydik cho‘kmasini tekshirish), yoki kimyoviy analiz orqali aniqlash mumkin. Katta odamlarda sutka davomida siydikni nisbiy zichligi o‘zgarib turadi (1,002 dan 1,035 gacha), bu ovqat, suv qabul qilishi tartibi va suyuqlikni organizmdan chiqarilishiga (ter ajratish va boshqalar) bog‘liq. Ko‘pincha u 1,012-1,020 ga teng. Siydikning zichligi unda erigan moddalar miqdori haqida tushuncha beradi. Sutka davomida siydik bilan 50–75 g quruq moddalar ajralib chiqadi. Siydik 425 tarkibidagi quruq moddalarni taxminiy miqdorini (1lga gramm hisobida) siydik zichligining oxirgi ikkita sonini 2,6 koeffitsiyentiga ko‘paytirish orqali topish mumkin. Buyraklarning og‘ir yetishmovchiligida doimo bir xil zichlikka ega bo‘lgan, birlamchi siydik yoki ultrafiltrat (~ 1,010) zichligiga teng bo‘lgan siydik ajraladi. Bu holat izostenuriya deb ataladi. Siydikning doimo past zichlikka ega bo‘lishi surunkali nefritda, birlamchi yoki ikkilamchi burishgan buyrakda buyraklar konsentratsion funksiyasining buzilganligini ko‘rsatadi. Qandsiz diabetda ham past zichlikka ega bo‘lgan siydik ajraladi (1,001 – 1,004), bu kanalchalarda suv qayta so‘rilishining buzilishi bilan bog‘liqdir. Oliguriyada (sutkalik siydik miqdorini kamayishi), masalan, o‘tkir nefritda, siydik yuqori zichlikka ega. Yuqori zichlik Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling