Biokimyo pmd


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

Aminokislotalar – sutkalik siydikda 1,1 g atrofida bo‘ladi. Qon va
siydikdagi ayrim aminokislotalar miqdorini nisbati bir xil emas. Siydik
bilan ajralayotgan u yoki bu aminokislotalarni miqdori uning qon
plazmasidagi miqdori va kanalchalardagi reabsorbsiya darajasiga
bog‘liq. Siydikda glitsin va gistidinni konsentratsiyasi eng yuqori, keyin
glutamin, alanin va serinning miqdori turadi.
Giperaminoatsiduriya – jigar parenximasi kasalliklarida uchraydi.
Bu jigarda dezaminlanish va transaminlanish jarayonlarini buzilishi bilan
tushuntiriladi. Giperaminoatsiduriya, shuningdek, og‘ir yuqumli


428
kasalliklar, saraton, katta jarohatlar, miopatiya, komatoz holatlar,
gipertireoz, kortizon va AKTG bilan davolaganda va boshqa holatlarda
kuzatiladi.
Ayrim aminokislotalar almashinuvini buzilishlari ham ma’lum.
Ko‘pchilik bu buzilishlar tug‘ma yoki irsiydir. Fenilketonuriya misol
bo‘lishi mumkin. Kasallikning sababi – jigarda fenilalanin – 4
monooksigenazani irsiy yetishmovchiligi, buning natijasida
fenilalaninning tirozinga aylanishi sodir bo‘lmaydi. Bu holda
organizmda fenilalanin va ketohosilalari to‘planadi, siydik bilan ko‘p
miqdorda ajraladi. Fenilketonuriyani temir xloridi yordamida aniqlash
juda oson: siydikka bir necha tomchi temir xlorid eritmasi qo‘shilganida
2-3 daqiqadan so‘ng zaytun-yashil rang hosil bo‘ladi.
Alkaptonuriyada (gomogentizinuriya) siydikda tirozin
almashinuvini metabolitlaridan biri bo‘lgan gomogentizin kislota
miqdori keskin ortadi. Natijada havoda qoldirilgan siydik keskin
qorayadi. Alkaptonuriyada metabolizm buzilishini sababi bo‘lib,
gomogentizin kislota oksidazasini yetishmasligi hisoblanadi.
Shuningdek, yana tug‘ma kasalliklar: giperprolinemiya
(prolinoksidaza fermentini yetishmasligi natijasida vujudga keladi,
oqibati-prolinuriya); gipervalinemiya (valin almashinuvini irsiy
buzilishi, siydikda valin konsentratsiyasini keskin ortishi bilan boradi);
sitrulinemiya (siydikchil hosil bo‘lish siklining irsiy buzilishi,
argininsuksinat – sintetaza fermentini yetishmovchiligiga bog‘liq, siydik
bilan ko‘p miqdorda sitrullin ajralib chiqadi) va boshqalar kuzatiladi.
Siydik kislota purin almashinuvining oxirgi mahsuloti hisoblanadi.
Sutka davomida siydik bilan 0,7 g yaqin siydik kislota chiqariladi.
Nukleoproteinlar saqlovchi ovqatni ko‘p iste’mol qilinganda ma’lum
vaqtdan keyin siydik kislota chiqarilishi ko‘payadi. Va, aksincha,
purinlarni kam saqlovchi ovqat iste’mol qilinganda siydik kislotaning
chiqarilishi sutkada 0,2 g gacha pasayadi. Siydik kislotaning ko‘p
chiqarilishida leykemiya, politsitemiya, gepatit va podagrada ham
kuzatiladi. Atsetilsalitsil kislota va ba’zi steroid gormonlar qabul
qilinganda ham siydik kislotaning siydikdagi miqdori ortadi.
Siydikda siydik kislota bilan bir qatorda endo- va ekzogen tabiatga
ega bo‘lgan oz miqdorda purinlar saqlanadi.

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling