Biokimyo pmd


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

Natriy va xlor ionlari – me’yorda ovqat bilan qabul qilingan
xloridlarni 90% (bir sutkada 8–15 g NaCl) siydik bilan chiqariladi. Ba’zi
patologik holatlarda (surunkali nefrit, diareya, o‘tkir bug‘im revmatizmi
va boshqalar) siydik bilan xloridlarni chiqarilishi pasayadi. Na
+
va Cl
+
ionlarini maksimal konsentratsiyasi (siydikda 340 mmol/l) organizmga
ko‘p miqdorda gipertonik eritmalar yuborilgandan keyin kuzatilishi
mumkin.
Kaliy, kalsiy va magniy ionlari – ko‘pchilik tekshiruvchilar
koptokcha filtratida bo‘lgan kaliy ionlarini barchasi nefron proksimal
qismida birlamchi siydikdan qayta so‘riladi deb hisoblaydilar. Distal
segmentda kaliy ionlarini sekretsiyasi yuz beradi. U asosan kaliy va
vodorod ionlarini almashinuvi bilan bog‘liqdir. Demak, organizmda
kaliyni kamayishi nordon siydikning ajralishi bilan boradi.
Ca
2+
va Mg
2+
ionlari buyrakdan kam miqdorda ajraladi. Organizmdan
chiqarilishi kerak bo‘lgan Ca
2+
va Mg
2+
ionlarini taxminan 30% siydik


430
orqali ajratiladi. Ishqoriy yer metallarini asosiy qismi najas orqali
chiqariladi.
Bikarbonatlar, fosfatlar va sulfatlar – siydikdagi bikarbonatlar
dori siydik pH ko‘rsatkichi bilan bog‘liqdir. pH 5,6 bo‘lganda siydik
bilan 0,5 mmol/l, pH 6,6-6 mmol/l, pH 7,8-9,3 mmol/l bikarbonatlar
ajraladi. Bikarbonatlar miqdori alkalozda ko‘paysa, atsidozda –
kamayadi. Odatda organizmdan chiqariladigan fosfatlarni 50% dan
kamroq miqdori chiqariladi. Atsidozda siydik bilan fosfatlarni
chiqarilishi ortadi. Qalqonsimon old bezi giperfunksiyasida siydikdagi
fosfatlar miqdori ko‘payadi. Organizmga vitamin D qabul qilinganda
fosfatlarni siydik bilan chiqarilishi pasayadi.
Oltingugurt saqlovchi aminokislotalar – sistein, sistin va metionin
siydik sulfatlarini manbai hisoblanadi. Bu aminokislotalar to‘qimalarda
sulfat kislota ionlarini hosil qilib oksidlanadilar. Sutkalik siydik tarkibida
sulfatlarni umumiy miqdori 1,8 g dan (oltingugurtga hisoblaganda)
ortmaydi.
Ammiak – buyrakda ko‘p miqdorda saqlanuvchi glutaminaza
fermenti ishtirokida glutamindan ammiakni hosil bo‘lishini maxsus
mexanizmi mavjud. Ammiak siydik bilan ammoniy tuzlari sifatida
chiqariladi. Uni miqdori organizmdagi kislota – ishqor muvozanatini
aks etdiradi. Atsidozda ularni siydikdagi miqdori ko‘payadi, alkalozda
esa kamayadi. Buyraklarda glutamindan ammiak hosil bo‘lish jarayoni
buzilganda siydikda ammoniy tuzlarini miqdori past bo‘ladi.

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling