Biokimyo pmd


Qon – siydikda qizil qon tanachalari (gematuriya) yo


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

Qon – siydikda qizil qon tanachalari (gematuriya) yoki erigan qon
pigmentlari (gemoglobinuriya) sifatida aniqlanishi mumkin.
Gematuriyalar buyrak va buyrakdan tashqari bo‘lishi mumkin. Buyrak
gematuriyasi – o‘tkir nefritni asosiy simptomi. Buyrakdan tashqari
gematuriya siydik yo‘llari yallig‘lanish jarayonlari yoki jarohat olganda
kuzatiladi. Gemoglobinuriya gemoliz va gemoglobinemiya bilan odatda
bog‘liqdir. Gemoglobinni plazmadagi miqdori 1 g/l dan ortgandan keyin
u siydikda paydo bo‘ladi. Gematuriyani odatda sitologik tekshiruv
(siydik cho‘kmasini mikrosko‘p ostida tekshirish), gemoglobinuriyani
esa kimyoviy yo‘l bilan aniqlash mumkin.
Glyukoza – me’yorda odam siydigida minimal miqdorda glyukoza
bo‘ladi. Ularni oddiy sifat reaksiyalari bilan aniqlab bo‘lmaydi.
Patologik holatlarda glyukozani siydikdagi miqdori ko‘payadi
(glyukozuriya). Masalan, qandli diabetda siydik bilan ajralayotgan
glyukoza miqdori sutka davomida bir necha o‘n grammga yetishi
mumkin.
Ba’zida siydikda boshqa uglevodlar, xususan fruktoza, galaktoza,
pentoza aniqlanishi mumkin. Fruktozuriya fruktozani glyukozaga
aylantiruvchi fermentlarni irsiy yetishmovchiligida kuzatiladi;
shuningdek, irsiy pentozuriya va irsiy galaktozuriya ham uchraydi.
Keton (atseton) tanachalari – me’yoriy siydikda bu birikmalar
juda kam miqdorda (0,01 g sutkada) uchraydi. Ular oddiy sifat sinamalari
bilan (Legal, Lange va boshqa nitroprussid sinamalari) aniqlanmaydi.
Keton tanachalari ko‘p miqdorda chiqarilganda sifat sinamalari ijobiy
bo‘ladi. Bunday patologik holat ketonuriya deb ataladi. Masalan: qandli


diabetda kuniga 150 g gacha keton tanachalari chiqarilishi mumkin.
Siydikda hech qachon atseton, atsetosirka kislotasi bo‘lmaydi, yoki
aksincha, chiqarilmaydi. Odatdagi nitroprussid sinamalari nafaqat
atsetonni, balki atsetosirka kislotani borligini aniqlashga imkon beradi;
β – oksimoy kislotasi siydikda keton tanachalari (qandli diabet va
boshqalar) juda ko‘payganda paydo bo‘ladi.
Keton tanachalari siydik bilan nafaqat qandli diabetda, balki
ochlikda, ovqat tarkibida uglevodlar bo‘lmaganida ajralishi bilan bog‘liq
kasalliklarda kuzatiladi. Masalan: tireotoksikozda, qon quyilishida, kalla
– miya jarohatlarida. Ilk yoshlik davrida oshqozon-ichak yo‘li uzoq
davom etadigan kasalliklari (dizenteriya, toksikozlar) ochlik natijasida

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling