Biokimyo pmd
Siydikning patologik tarkibiy qismlari
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- «albuminuriya»
Siydikning patologik tarkibiy qismlari – keng foydalaniladigan
«siydikni patologik tarkibiy qismlari» tushunchasi shartli bo‘lib, siydik patologik tarkibiy qismi sifatida ko‘riladigan ko‘pchilik birikmalar, ko‘p bo‘lmagan miqdorda bo‘lsa ham, me’yoriy siydikda doimo bo‘ladilar. Boshqacha qilib aytganda, so‘z analitik aniqlanadigan miqdorda uchramaydigan moddalar haqida ketyapti. Bularga avvalambor oqsil, glyukoza, atseton (keton) tanachalari, o‘t va qon pigmentlari kiradi. Oqsil – me’yoriy odam siydigida juda kam miqdorda oqsil bo‘lib, uning borligini odatda, sifat reaksiyalari bilan aniqlab bo‘lmaydi. Qator kasalliklarda, ayniqsa, buyrak kasalliklarida, siydikning oqsil miqdori keskin ortishi mumkin (proteinuriya). Qon zardobi oqsillari, shuningdek ma’lum darajada buyrak to‘qimasi oqsillari siydik oqsilining manbai bo‘lishi mumkin. Proteinuriyalar 2 ta katta guruhga bo‘linadi: buyrak va buyrakdan tashqari. Buyrak proteinuriyalari oqsillar (asosan qon plazmasi oqsillari) siydikka nefronni organik jarohatlanishi, buyrak filtri teshiklari 431 o‘lchamini ortishi, shuningdek koptokchalarda qon oqimi pasayishi natijasida vujudga keladi. Buyrakdan tashqari proteinuriya siydik yo‘llari yoki prostata bezini jarohatlanishiga bog‘liqdir. Klinik amaliyotda ko‘p qo‘llanilaniladigan «albuminuriya» iborasi (siydikda oqsil aniqlanganda) noto‘g‘ridir, chunki siydik bilan nafaqat albumin, balki globulinlar ham ajraladi. Masalan: nefrozlarda siydikdagi oqsilni umumiy miqdori 26 g/l gacha bo‘lishi mumkin, bunda albuminlar konsentratsiyasi 12 g/l, globulinlar esa – 14 g/l. Odam siydigidagi qator fermentlar faolligini aniqlash mumkin: lipaza, ribonukleaza, LDG, aminotransferaza, urokinaza, fosfataza, α– amilaza, leytsinaminopeptidaza va boshqalar. α–amilaza va ba’zi boshqa fermentlardan tashqari fermentlar faolligini aniqlashni asosiy qiyinchiliklari siydikning quyuqlanishi va bunda ferment faolligini ingibirlashdan muhofaza qilishga bog‘liqdir. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling