Biokimyo pmd
Oqsillarning strukturasi va ko‘p molekulali
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
Oqsillarning strukturasi va ko‘p molekulali
Oqsillar strukturasining o‘zaro yig‘ilishi Teri, soch, tirnoq, mo’yna va shoxlar tarkibiga struktur oqsillar kiradi, ular tayanch to’qimalarni hosil bo’lishida ishtirok etadi. Jumladan, biriktiruvchi to’qima, tog’ay va suyak oqsillari globulyar oqsilga qaraganda oddiy strukturada bo’ladi. Keratin oqsili polipeptid zanjiri α−spiral shaklida, arqonga o’xshash bo’ladi yoki uch tolali kabelga o’xshashdir, har qaysi tola α−spiraldan tashkil topgan bo’ladi. Boshqa strukturali oqsil β−keratin qisman fibrillyar shaklda bo’lib, polipeptid zanjirining konformatsiyasi β−strukturaga ega bo’ladi va qavatma-qavat holda joylashadi. Biriktiruvchi to’qima oqsillari kollagen va elastin asosiy struktura oqsillari hisoblanadi. Kollagen oqsilini polipeptid zanjiri uch tarmoqli spiral strukturaga ega. Fibrillyar oqsillar uch xil struktura darajasiga ega bo’ladi. 40 1. Birlamchi struktura. 2. Ikkilamchi struktura: polipeptidlar qisman α−spiral va β− konformatsiyaga ega bo’lishi. 3. Fibrillyar oqsillarning uch qirrali konformatsiyasi oqsillarning spetsifik biologik funksiyasini bajarishiga moyildir. Oqsillarga har xil kimyoviy va fizik omillar ta’sir qilinganda (organik erituvchilar, siydikchil, detergentlar, pH muhitni o‘zgartirish, yuqori konsentratsiyali neytral tuzlar eritmasi, merkaptoetilen va boshqalar) molekula tarkibidagi subbirliklarni dissotsiatsiyalaydi. Ko‘pchilik oqsillar uchun bu jarayon qaytar bo‘lib dissotsiatsiyalovchi modda chiqarib yuborilganda, oqsil molekulasi subbirliklari o‘zaro birikib avvalgi holatiga qaytadi va qayta biologik faollikka ega bo‘ladi. Bu hodisani oqsil molekulasining o‘z-o‘zidan yig‘ilib tiklanishi (samosborka) deyiladi. Tashqi muhit ta’sirisiz o‘z-o‘zidan yig‘ilishiga tamaki mozayika virusi oqsilini misol qilib ko‘rsatish mumkin. U bir molekula RNK va 2130 oqsil subbirligidan tashkil topgan. Bu subbirliklar RNK zanjiri atrofida aylanib o‘ralgan bo‘ladi. Detergentlar ta’sirida RNK va oqsil subbirliklari ajralib ketadi. Agar detergent olib tashlansa ajralgan RNK va oqsil subbirligi birikib yana oqsilning to‘rtlamchi strukturasi to‘liq tiklanadi va hamma fizik xossalari, biologik funksiyalari o‘z holatiga qaytadi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling