Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqsil molekulalarining shakli va o‘lchami
2-rasm. G-150 sefadeksi yupqa qavatida gel-xromosomalari qochish
masofasi va ular molekulyar og‘irligi o‘rtasidagi bog‘liqlik. 1-ribonukleaza; 2-ximotripsinogen; 3-tuxum albumini; 5-g-globin; x-noma’lum molekulyar og‘irlikli oqsil Dodesilsulfat natriy detergenti ishtirokida elektroforez o‘tkaziladi, chunki bu holatda oqsil molekulyar og‘irligi va harakatchanligi o‘rtasida to‘g‘ri proporsionallik kuzatiladi. To‘rtlamchi strukturaga ega oqsillar bu sharoitda subbirliklarga parchalanadi. Shuning uchun, bu usul oqsil subbirliklari molekulyar og‘irligini aniqlash uchun keng qo‘llanilmoqda. Yaqinda yangi mass-spektrometrik usul (lazer desorbsion-ionizatsion usul) taklif etilgan; u katta bo‘lmagan peptid (vazopressin, insulin) va yirik biopolimer molekula va, undan tashqari, biomolekulalar strukturasini aniqlashga imkon beradi. 16 Oqsil molekulalarining shakli va o‘lchami Oqsil molekulalarining shakli ultratsentrifugalash, rentgenstruktur analiz asosida yoki elektron mikrosko‘pda aniqlanadi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, oqsil molekulalari har uch o‘lchami bo‘yicha assimetrik moddalardir. Tabiiy oqsillar molekulasining shakliga qarab 2 guruhga bo‘linadi: globulyar va fibrillyar. Fibrillyar oqsillarning molekulasi ipsimon bo‘lib, uzunligi diametriga nisbatan 100 marta ko‘proqdir. Globulyar oqsil molekulasi sferik shaklga ega bo‘lib, uning uzunligi diametriga qaraganda 3-10 marta ortiqdir. Masalan: elastin oqsil molekulasining diametri 70 nm bo‘lib oval shaklda, gemoglobin oqsilini diametri 220 nm bo‘lib ozgina cho‘zinchoq shaklda, miozin molekulasining diametri 100 nm bo‘lib, uzunligi ming angstremga teng. Shunday qilib, miozin oqsili tolasimon bo‘ladi. Fibrillyar va globulyar oqsillarining xossasi xar xil bo‘ladi. Ayrimlari suvda va tuz eritmalarida eriydi. Ko‘pchilik fibrillyar oqsillar suvda erimaydi. Fibrillyar oqsillarga – miozin, ipak, fibrinogen, kollagen va elastinlar kiradi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling