Biokimyo pmd


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

Oqsillarning tuzilishi
Rus olimi A.Ya.Danilevskiy va nemis bioximigi E.Fisher va
boshqalar tomonidan oqsil molekulasidagi aminokislotalar o‘zaro peptid
(-CO-NH-) bog‘i yordamida birikib polipeptid hosil qilishi aniqlangan.
Shunga asosan ikki molekula aminokislotadan dipeptid hosil bo‘ladi.
Dipeptid molekulasidagi erkin amino- yoki karboksil guruhlari yana
uchinchi aminokislota molekulasini biriktirib tripetid hosil bo‘ladi:
Tripeptidga yana bir molekula aminokislota birikib tetrapeptid,
beshinchi aminokislota birikib pentapeptid hosil bo‘ladi. Shu yo‘l bilan
geksapeptid va polipeptidlar hosil bo‘lishi mumkin.
Oqsil molekulasining tuzilishi to‘g‘risida juda ko‘p gipotezalar taklif
qilingan. Bulardan ko‘pchilik biokimyog‘arlar polipeptid nazariyasini
qabul qilganlar.
Polipeptid nazariyasi birinchi bo‘lib, 1902-yilda rus olimi A.YA.
Danilevskiy va nemis olimi E. Fisher tomonidan yaratilgan. Bu
nazariyaga binoan oqsil molekulasida aminokislotalarni o‘zaro peptid
bog‘i yordamida birikib polipeptid zanjirni tashkil qiladi. Bu nazariyani
isbotlash uchun E.Fisher va E.Abdergalden sintetik polipeptidlar
tayyorlab ularni fizik-kimyoviy xossalarini o‘rgangan va sintetik
polipeptidlar va oqsillar o‘rtasida o‘xshashlik borligini aniqlashgan.
Aminokislota qoldiqlarida erkin holda amin, karboksil, gidrooksil,
fenol, amid va boshqa guruhlari mavjuddir. Shu sababli bu guruhlar
polipeptid zanjirlarining fazoviy konfiguratsiyasiga (shakllanishiga)
juda katta ta’sir ko‘rsatadi.


20
Hozirgi vaqtda oqsillarning to‘rt xil struktura darajasi borligi
aniqlangan:
Birlamchi strukturasi.
Ikkilamchi strukturasi.
Uchlamchi strukturasi.
To‘rtlamchi strukturasi.
Oqsillarning birlamchi strukturasi
Oqsillarning birlamchi strukturasi deb, aminokislotalarni polipeptid
zanjirida ketma-ket joylanish tartibiga aytiladi. Oqsilning birlamchi
strukturasi aminokislotalarning sifat va miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Birlamchi struktura asosini peptid bog‘lari tashkil etadi.
Peptid bog‘larining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, ya’ni ulardagi
hamma atomlar bog‘larining bir tekislikdaligi bo‘ladi (3-rasm, a, b).
Ular ikki xil shaklda, ya’ni keto- hamda yenol- shakllarida bo‘ladi.

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling