Biokimyo pmd
a) Ion almashuv xromatografiyasi
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
a) Ion almashuv xromatografiyasi.
Bu usulda ikki xil ion almashtiruvchi adsorbentlar sifatida ishlatiladi. 1. Kuchli va kuchsiz asosli anion almashtiruvchilar. Bularga polistrol va sellyuloza hosilalari kiradi. 2. Kation almashtiruvchi polistirollarga sulfat birikmalari va karboksilmetilsellyuza kiradi. Ion almashtiruvchi moddalarni kolonkaga (uzun shisha naycha) solib kuchsiz kislota yoki asos bilan yuviladi. So‘ngra oqsil eritmasi o‘tkaziladi. Bunda oqsil molekulasi anion yoki kation gruppalarga bo‘linishi natijasida oqsillarni tuzlarning turli pHli eritmasi yordamida ajratib olinadi. 33 b) Adsorbsion xromotografiya. Bu usulda adsorbent sifatida faollashtirilgan ko‘mir va alyumin oksidi ishlatiladi. Adsorbent kolonkaga solinib, erituvchi quyiladi va oqsil eritmasi qo‘shiladi, bunda oqsil adsorbent bilan birikadi. So‘ngra oqsil fraksiyalari turli pH li bufer eritmalari yordamida ajratib olinadi. Oqsillarni fraksiyalarga ajratishda taqsimlanuvchi xromatografiya usulidan foydalaniladi. Taqsimlanish xromatografiyasi adsorbsion xromatografiyani turi bo‘lib, adsorbent sifatida xromatografiya qog‘ozi, kraxmal, silikagel va boshqalar ishlatiladi. d) Gel xromatografiyasi. Bu usulda har xil gellar ishlatiladi, masalan: dekstrandan tayyorlangan, turli markadagi sefadekslar, dekstran – yuqori molekulali glyukoza qoldiqlaridan tarkib topgan polimer moddadir, uni ishqoriy muhitda epixloridgidrin bilan reaksiyaga kiritilsa, gel hosil bo‘ladi. Poliakrilamid gelini hosil qilish uchun suvda yaxshi eriydigan monomer akrilamid olib bu funksional reagentlar ishtirokida polimerlashtiriladi. Oqsillarni molekulalari katta yoki kichikligiga qarab gelxromatografiya kolonkasiga gel to‘ldirilib undan oqsillar aralashmasi o‘tkazilsa avvalo, kichik molekulali oqsillar gel g‘ovaklari orqali, gel zarrachasining ichiga kirib diffuziyalanadi. Yirik molekulali oqsillar bu g‘ovakchadan o‘tolmaydi, ular zarrachaning tashqarisida qoladi va eritma bilan kolonkadan oqib chiqadi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling