Biokimyo pmd
Oqsillarni ajratib olish va tozalash
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
Oqsillarni ajratib olish va tozalash
Oqsillarni hayvonlar to‘qimasidan, makroorganizmlardan maxsus usullar yordamida ajratib olinadi. 1. Oqsillarni ajratib olishda gomogenizatsiya usuli. Oqsillarni hayvonlar to‘qimasidan, makroorganizmlardan ajratib olish uchun avvalo to‘qimalar yaxshilab maydalaniladi, ya’ni gomogenizatsiyalanadi. Bunda hujayra strukturasi buziladi oqsillar eritmaga o‘tadi. Gomogenizatsiya qilish uchun quyidagi usullardan foydalaniladi: 1. Chinni hovonchada to‘qimani qum bilan ezish (maydalash). 2. Potter-Elvegay gomogenizatorida maydalash. 3. Sharsimon tegirmonchalarda maydalash. 4. Kuchli ravishda muzlatib, keyin eritish yo‘li. 5. Ultratovush ta’sirida maydalash. 6. Bosim ta’sirida (muzlatilgan to‘qimani mayda teshikli po‘lat to‘rdan o‘tkazish). 31 7. Azot gazi yordamida (azot gazini bosim ostida to‘yintiriladi keyin keskin bosim pasaytiriladi. Natijada azot hujayrani oson parchalab oqsilni eritmaga o‘tkazadi). Yuqoridagi usullar bilan hosil qilingan gomogenatdan oqsillarni ajratib olish uchun ekstraksiya usulidan foydalaniladi. Olingan gomogenatni 8-10% li tuz eritmasida eritiladi. Oqsillarni ekstratsiyalash uchun ko‘pincha ma’lum pHga ega bo‘lgan bufer eritmalardan, organik erituvchilardan va ionsiz detergentlardan foydalaniladi. Bu maqsadda organik moddalardan ko‘pdan beri ishlatib kelinadigan eritmalar – glitserinning suvdagi eritmasi, saxaroza eritmasi, limon kislota va borat bufer aralashmalar, tris-bufer eritmalardan foydalaniladi. Qon zardobi oqsilini ajratish uchun etil spirti, atseton, butil spirti ta’sirida cho‘ktiriladi. Gomogenatdan toza holda oqsillarni olish uchun har xil detergentlar ishlatiladi. Ular oqsil-yog‘ kompleksini va oqsil- oqsil bog‘larini yaxshi parchalaydi. Oqsillarni (fermentlarni) tozalashda mitoxondriya biomembranasi bilan yoki hujayra organoidlari bilan mustahkam birikadigan modda triton X-100, natriy dodetsilsulfat va natriy dezoksixolat ishlatiladi. Bu detergentlar oqsil- oqsil komplekslarini parchalaydi va oqsillarning to‘rtlamchi strukturasini buzadi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling