Biokimyo pmd


Oqsillarning uchlamchi strukturasi


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

Oqsillarning uchlamchi strukturasi
Oqsilning uchlamchi strukturasi deb spiral ko‘rinishidagi polipeptid
zanjirning ma’lum hamda globulyar (sharsimon) yoki fibrillyar
(ipsimon) struktura hosil qilishiga aytiladi.
7-rasm. Mioglobin molekulasining uchlamchi strukturasi
(Kendryu bo‘ycha)
Polipeptid zanjirining uzunligi spiral hosil qilgandan so‘ng 4
marotaba qisqaradi (7-rasm). Oqsillarning uchlamchi strukturasi kuchli
(kovalent) va kuchsiz (qutbli, ion, van-der-vaals) bog‘lar yordamida
mustahkam ushlab turiladi. Kovalent bog‘lariga disulfid (-S-S-),
izopeptid yoki psevdopeptid bog‘lari kiradi. Ularga liz, arg
aminogruppasi bilan yon radikallari orasidagi bog‘lar kiradi. Kovalent


27
bo‘lmagan bog‘larga vodorod va ion bog‘lari kiradi. Vodorod bog‘lari
aminogruppalar bilan aminokislotalar radikali orasida va karboksil
gruppa bilan boshqa aminokislota orasida vujudga keladi.
Ionli yoki elektrostatik bog‘lanish esa liz, arg, gis zaryadlangan
guruhi bilan yon radiakallari, val, asp, glutaminning – COO
-
orasida
hosil bo‘ladi. Polipeptid zanjirini uchlamchi struktura konformatsiyasini
oqsilning xossasiga, aminokislota radikallarining xossasiga va atrof-
muhit sharoitiga qarab aniqlanadi. Oqsillarning polipeptid bog‘larini
joylanishida energetik qulay shakliga o‘tishi qabul qilingan bo‘lib, oz
miqdorda erkin energiya hosil bo‘lishiga asoslangan. Shuning uchun
qutbsiz radikallar suvdan uzoqlashib oqsilning ichki uchlamchi struktura
shaklini hosil qiladi. Ular asosan oqsil strukturasini ichiga joylashgan
bo‘ladi.
Qutbli (gidrofil) aminokislota qoldiqlari oqsil strukturasining tashqi
qavatida joylashadi va suv molekulalari bilan birikkan holda bo‘ladi.
Oqsil tarkibida prolin va gidroksiprolin aminokislotalar bor joyi
zanjirning kuchsiz nuqtasi bo‘lgani sababli bukiladi yoki sinadi.
Zanjirdagi bu aminokislotalar ko‘proq harakatchan bo‘lib, boshqa
polipeptid guruhlar bilan yakka vodorod bog‘i hosil qiladi. Boshqa
egilgan joyda glitsin bo‘lib R-guruhda vodorod kam bo‘ladi. Shuning
uchun boshqa aminokislotalarning R-gruppasi fazoviy bukilishiga, ya’ni
glitsin turgan joyga boshqa radikal guruhi joylanishiga harakat qiladi.
Ala, ley, gis kabi bir qancha aminokislotalar oqsilning spiral strukturasini
mustahkam saqlashda ishtirok etadi. Met, ile, asp aminokislotalari esa
β−struktura hosil qilishda qulaylik keltiradi.
Oqsilning molekulasining uchlamchi strukturasida 
α−spiral
(spirallashgan), 
β−struktura (qavatma-qavat) va tartibsiz joylashgan
qismlari bo‘ladi. Faqat oqsilning to‘g‘ri fazoviy joylanishi oqsilning
faolligini oshiradi, uni buzilishi esa oqsil xossasini o‘zgarishiga olib
keladi va biologik faolligini yo‘qolishiga sabab bo‘ladi.
Sitoxrom C,lizotsim, ribonukleazalar uchlamchi strukturasi bilan farq
qiladi. Ularning polipeptid zanjiri har xil 
α−spiral segmentlari va β−
struktura qismlari bo‘ladi.

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling