Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
3-rasm. A. Peptid sintezi B.Peptid bog‘i mezomeriyasi
Undan tashqari aminokislotalar sis- va trans- izomer shaklda ham uchraydi. Fazoda aminokislotalar o‘zaro vodorod bog‘i hosil qilish xossasiga ega. Oqsil molekulasida polipeptid zanjirining -NH 2 tutgan oxiriga N- oxiri va -COOH tutgan oxiriga esa C-oxiri deb ataladi. N - oxirgi aminokislota qoldig‘ini Sanger va Edman usullari bo‘yicha oqsil dinitroftorbenzol (DNFB) bilan reaksiyaga kiritiladi. Bu reaktiv erkin holdagi aminoguruh bilan reaksiyaga kirishadi va DNF-oqsil birikmasini hosil qiladi. 21 Hosil bo‘lgan DNF-oqsil gidrolizlanganda N-oxirgi aminokislota qoldig‘i ajralib chiqadi. Shunday qilib, oqsilning birlamchi strukturasini o‘rganish mumkin. Edman usuli bo‘yicha oqsil fenilizotiotsionat reaktivi bilan reaksiyaga kiritiladi. Fenilizotiotsianat oqsilning N - oxirgi aminokislotasi bilan birikadi. 22 Hosil bo‘lgan birikmaga suvsiz HCl ta’sir ettirilsa oxirgi aminokislota feniltiogidantoinga aylanadi. Oqsil molekulasining qolgan qismi erkin holda ajralib chiqadi. C-oxiri aminokislota qoldig‘ini aniqlashda yapon olimi Akabori tomonidan gidrazinoliz usuli taklif etilgan. Bu usul bo‘yicha oqsilga gidrazin ta’sir etib, hosil bo‘lgan birikmani dinitrobenzol bilan reaksiyaga kiritiladi. Hosil bo‘lgan aminokislota gidrozidi ikki molekula DNFB bilan va C-oxiri aminokislota esa bir molekula DNFB bilan birikadi. DNF aminokislota gidrazidi DNF aminokislotadan sirka - etil-efir yordamida ekstraksiya qilib ajratib bo‘linadi. DNF-aminokislota xromatografik usul bilan aniqlanadi. Oqsillardagi C-oxirgi aminokislotani karboksipeptidaza fermenti yordamida aniqlanadi. N- va C-oxirgi aminokislotalar aniqlangandan keyin ularning miqdoriga qarab oqsil molekulasi polipeptid zanjiridagi aminokislotalar soni aniqlanadi. Oqsil molekulasidagi polipeptid zanjiri yoyilgan hamda o‘ralgan holda bo‘ladi. O‘ralgan polipeptid zanjirini ayrim qismlari o‘zaro disulfid (S-S) bog‘i yordamida bog‘lanadi (4-rasm). Masalan: ribonukleaza bitta polipeptid zanjirdan tashkil topgan oqsil bo‘lib, 4 joyidan disulfid bog‘lar orqali bog‘lanadi. Disulfid bog‘lar oksidlanish va qaytarish reaksiyasi yordamida isbotlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling