Biokimyo pmd
-jadval Ba’zi oqsillarning izoelektrik nuqtasi
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
4-jadval
Ba’zi oqsillarning izoelektrik nuqtasi Pepsin 1,0 Tuxum albumini 4,6 Ureaza 5,0 Gemoglobin 6,8 Mioglobin 7,0 Ximotripsinogen 9,5 Sitoxromoksidaza 10,65 Lizotsim 11,0 Oqsillar kimyosida «oqsillar izoion nuqtasi» degan tushuncha bor. Oqsil eritmasi molekulasidagi ionlangan aminokislota qoldiqlari va suv dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan ionlardan boshqa ionlarni saqlamasa oqsil eritmasi izoion deb ataladi. Oqsilni boshqa ionlardan tozalash uchun uni anion va kation almashinuvchi kolonkalardan o‘tkaziladi. Ushbu oqsilning izoion nuqtasi deb shu oqsil izoion eritmasining pHiga aytiladi: [H] + + [P]Z=[OH] - , bunda [P]- oqsil molyar konsentratsiyasi, Z – molekulaning o‘rtacha zaryadi. Bu tenglamaga ko‘ra, oqsilning izoion nuqtasi uning konsentratsiyasiga bog‘liq. Oqsillar zaryadiga qarab elektr maydonida turli qutblarga harakatlanishiga elektrofez deyiladi. Elektrofez yordamida oqsillar aralashmasidagi oqsillarni (aminokislotlarni) bir-biridan ajratish mumkin. Eritmadagi oqsil molekulalari neytral bo‘lsa tuzlarning yuqori konsentratsiyali eritmalari ta’sirida o‘zining suv qobig‘ini yo‘qotib cho‘kmaga tushiriladi. Hosil bo‘lgan cho‘kmani toza erituvchida yarim o‘tkazgich membrana orqali ajratib olish mumkin va shundan so‘ng tuzdan ajralgan oqsil qaytadan eriydi. Tuzlar eritmasi ta’sirida oqsillarning cho‘kishini ularni tuzlanishi deyiladi. Tuzlar yordamida oqsillar cho‘ktirilganda oqsillarni fizik va biologik xossalari saqlanib qoladi. Shu xossasidan foydalanib aralashmalardan toza holda oqsillarni ajratib olinadi. Albuminlar ammoniy sulfat tuzining to‘la to‘yingan eritmasida cho‘kmaga tushadi. Globulinlar esa yarim to‘yingan ammoniy sulfat eritmasida cho‘kadi. Tuzlash usuli bilan oqsillar fraksiyalarini ajratib olish farmatsiya sanoatida keng qo‘llanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling