Biokimyo pmd
Oqsillarni fraksiyalash yo‘li bilan ajratish
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqsillarni tuzlar ta‘sirida cho‘ktirib ajratish
- Dializ usuli
Oqsillarni fraksiyalash yo‘li bilan ajratish
Oqsillar ekstratsiya qilingandan so‘ng ekstraktni sentrifugalash yordamida to‘qima elementlaridan tozalaniladi va eritmaga o‘tgan oqsillarni fraksiyalash yo‘li bilan ajratiladi. Hozirgi paytda quyidagi usullar bilan oqsillar fraksiyalarga ajratiladi: tuzlar ta’sirida cho‘ktirish, issiqlik ta’sirida denaturatsiyalash usuli, organik erituvchilar yordamida cho‘ktirish, xromatografiya, gelfiltratsiya, elektroforez, ultratsentri-fugalash usullari. Oqsillarni tuzlar ta‘sirida cho‘ktirib ajratish Oqsillarni ishqoriy va ishqoriy yer metall tuzlari ta’sirida cho‘ktirib fraksiyalanganda ular o‘z xossalarini saqlab qoladi, chunki dializ yoki gelfiltratsiya usuli bilan oqsil cho‘kmasidan tuzlar ajratib olinsa, oqsil eritmaga o‘tadi. Bu usul biologik faollikka ega bo‘lgan fermentlarni ajratib olishda katta ahamiyatga egadir. 32 Klinik laboratoriyalarda qon zardobidan globulin oqsillarini ammoniy sulfatning yarim to‘yingan eritmasi, albumin oqsillarini to‘yingan eritmasi yordamida ajratib olinadi. Tuzlar bilan oqsilni cho‘ktirishda oqsilning tabiati tuzlarning konsentratsiyasi hamda eritmani pH va temperatura ahamiyatga ega bo‘ladi. Dializ usuli Yuqori molekulali moddalarni past molekulali moddalardan yarim o‘tkazgich membranalar yordamida ajratish usuliga dializ deyiladi. Dializ usuli kolloid zarrachalarni yarim o‘tkazgich membranalardan o‘tmasligiga asoslangan. Yarim o‘tkazgich membranalarga kollodiy, sellofan, pergament qog‘ozlari misol bo‘ladi. Inson va hayvon organizmida buyrakdagi Boumen – Shumlyanskiy kapsulasining pardalari ham yarim o‘tkazuvchandir. Dializ uchun ishlatiladigan asbobni dializator deyiladi. Oddiy dializator sifatida kollodiy va sellofan qopchasi ishlatiladi. Cho‘ktirib ajratilgan oqsil cho‘kmasini kollodiy yoki sellofan xaltachasiga joylab, distillangan suv solingan idishga tushiriladi. Bunda vaqt o‘tishi bilan kichik molekulali moddalar (tuzlar) xaltacha tashqarisidagi distillangan suvga chiqadi. Oqsil esa yarim o‘tkazuvchi parda teshikchalaridan o‘tolmaydi va xaltacha ichida qoladi. Oqsillar aralashmasini ion almashuvchi, adsorbsiyalovchi xromatografiya, gelfiltratsiyalash va afin xromatografiya yordamida ham fraksiyalarga ajratiladi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling