Biolog 10 indd


-§. PALEOZOY ERASIDAGI HAYOT


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

54-§. PALEOZOY ERASIDAGI HAYOT
Paleozoy erasi 340 mln yil davom etgan. 
Kembriy davrida iqlim mo‘tadil bo‘lib, o‘simlik va hayvonlar dengizda 
tarqalgan. Ularning ba’zilari o‘troq, ba’zilari suv oqimi bilan harakatlangan. 
Paleozoy erasida hayvonot dunyosi xilma-xil bo‘lgan va nihoyatda tez 
rivojlanganligi sababli, kembriy davridayoq, hayvonlarning barcha tiplari 
mavjud bo‘lgan. Ikki pallali, qorinoyoqli, boshoyoqli molluskalar, halqali 
chuvalchanglar, trilobitlar keng tarqalgan va faol harakatlangan. Umurtqali 
hayvonlarning dastlabki vakillari – qalqondor baliqlar paydo bo‘lgan, ularda 
jag‘ bo‘lmagan. Qalqondorlar hozirgi davrda yashayotgan to‘garakog‘izlilar – 
minogalar va miksinalarning olis ajdodi hisoblanadi.
Ordovik davrida dengizlar sathi ortib, unda yashil, qo‘ng‘ir, qizil suvo‘tlari, 
boshoyoqli, qorinoyoqli molluskalarning xilma-xilligi ortdi. Korall rifl arining 
hosil bo‘lishi avj oldi. Bulutlar hamda ba’zi ikki pallali molluskalarning turli-
tumanligi kamaydi.
Silur davrida tog‘ hosil bo‘lish jarayonlari kuchayib, quruqlik sathi 
ortdi. Iqlim nisbatan quruq bo‘lgan. Qirg‘oq yaqinidagi suvlarda tarqalgan 
ko‘p hujayrali yashil suvo‘tlarining ba’zilari yashash uchun kurash, tabiiy 
tanlanish tufayli quruqlikka chiqishga muvaff aq bo‘lgan. Tuproq dastlabki 
quruqlikdagi o‘simliklar psilofi tlarning tarqalishiga imkon bergan. Tuproqda 
organik birikmalarning to‘planishi keyinchalik zamburug‘lar paydo bo‘lishi 
uchun imkon yaratgan. Boshoyoqli molluskalar nihoyatda ko‘paygan. Silur 
davrida atmosfera havosi bilan nafas oladigan dastlabki quruqlikda yashovchi 
bo‘g‘imoyoqlilar paydo bo‘lgan. Markaziy Osiyoda kuchli vulqonli jarayonlar 
ro‘y bergan. Iqlim iliq bo‘lgan. Zarafshon tog‘ tizmalarida kovakichli 
hayvonlar bilan past bo‘yli psilofi tlarning toshga tushgan tasviri topilgan.


226
Devon davrida dengizlar sathi kamayib, quruqlik ortishi yanada davom 
etgan. Iqlim mo‘tadil bo‘lgan. Quruqlikning ko‘pgina qismi dasht, yarim 
dashtga aylangan. Dengizlarda tog‘ayli baliqlar rivojlanib, «qalqondor» 
baliqlarning yashash uchun kurashda kamaya borishi ro‘y bergan. So‘ngra 
suyakli baliqlar kelib chiqqan. Sayoz havzalarda ikki yoqlama nafas oluvchi 
baliqlar, panjaqanotli baliqlar rivojlangan. Bu davrda baland bo‘lib o‘suvchi 
qirqquloqlar, qirqbo‘g‘imlar, plaunlardan dastlabki o‘rmonlar hosil bo‘lgan. 
Bo‘g‘imoyoqli hayvonlarning ayrim guruhlaridan ko‘poyoqlar va dastlabki 
hasharotlar rivojlangan.
Devon davrining o‘rtalariga kelib suv hamda quruqlikda yashovchilarning 
dastlabki turlari vujudga kelgan.
Toshko‘mir davrida iqlim nam, havoda karbonat angidrid ko‘p bo‘lgan. 
Quruqlikdagi pasttekisliklarda botqoqli yerlar ko‘p uchragan. Ulardan 
balandligi 40 m ga yetadigan qirqquloqlar, qirqbo‘g‘imlar, plaunlar o‘sgan. 
Bulardan tashqari ochiq urug‘li o‘simliklar paydo bo‘lgan. Daraxtsimon 
o‘simliklarning yoppasiga halok bo‘lishi o‘sha joylarda keyinchalik ko‘mir 
qatlami hosil bo‘lishiga olib kelgan. Suv hamda quruqlikda yashovchilarning 
dastlabki vakillari hisoblangan stegotsefallar nihoyatda ko‘p va xilma-xil 
bo‘lgan. Uchuvchi hasharot – suvaraklar, ninachilar rivojlangan.
Perm davrining boshlariga kelib iqlim birmuncha quruq va sovuq bo‘lgan. 
Bunday sharoitda suvda hamda quruqlikda yashovchilarning anchagina 
qismi qirilib ketgan. Yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish suvda hamda 
quruqlikda yashovchilarning ma’lum guruhining o‘zgarishiga sabab bo‘lgan. 
Keyin ulardan sudralib yuruvchilar sinfi ning vakillari kelib chiqqan.

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling