Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Tayanch so‘zlar: kembriy, ordovik, silur, devon, toshko‘mir, perm.
Savol va topshiriqlar:
1. Paleozoy erasi nechta davrdan iborat?
2. Dastlabki quruqlik o‘simliklari qaysi davrda kelib chiqqan?
3. Dastlabki suvda hamda quruqlikda yashovchilarning turlari qaysi davrda 
vujudga kelgan?
4. Paleozoy erasidagi o‘simliklar evolutsiyasidagi aromorfoz hodisalarini 
tushuntirib bering.
5. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning qirilib ketishiga nima sabab bo‘lgan?
6. Paleozoy erasidagi hayvonlar evolutsiyasidagi aromorfoz hodisalarini 
tushuntirib bering.


227
Mustaqil bajarish uchun topshiriq: Paleozоy erаsidаgi hаyot.
Dаvrlаr
Iqlim shаrоiti
O‘simliklаr
Hаyvоnlаr
55-§. MEZOZOY, KAYNAZOY ERALARIDAGI HAYOT
Mezozoy erasi 175 mln yil davom etgan. Trias davrida iqlim quruq kelgan. 
O‘rmonlar ignabargli o‘simliklar, sagovniklar, sporali o‘simliklardan iborat 
bo‘lgan. Quruqlikda sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi oshgan. Ularning 
keyingi oyoqlari oldingisiga nisbatan kuchli rivojlangan. Hozirgi vaqtda 
yashab turgan kaltakesak, toshbaqalarning ajdodlari ham shu davrda paydo 
bo‘lgan. Yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish natijasida ba’zi bir yirtqich 
sudralib yuruvchilar tarixiy jarayonda o‘zgarish tufayli tanasi kalamushdek 
dastlabki sutemizuvchi hayvonlar kelib chiqqan. Taxmin qilinishicha, ular 
hozirgi o‘rdakburun va yexidnalar singari tuxum qo‘yib, ko‘paygan.
Yura davrida o‘rmonlarda ochiq urug‘lilar hukmronlik qilgan. Ularning 
ba’zilari, ya’ni sekvoyalar hozirgi vaqtgacha yetib kelgan. Dastlabki gulli o‘sim-
liklarning tuzilishi ibtidoiy bo‘lgan. Sporali va ochiq urug‘li o‘simliklarning 
gurkirab rivojlanishi natijasida o‘txo‘r sudralib yuruvchi hayvonlar tanasi 
nihoyatda yiriklashgan. Ba’zilarining tanasi 20–25 m ga yetgan. Sudralib 
yuruvchi hayvonlar faqat quruqlikda emas, balki suv, havo muhitiga ham 
tarqalgan. Arxeopterikslar shu davrda paydo bo‘lgan.
Bo‘r davrida iqlim keskin o‘zgargan. Osmonni qoplagan bulutlar juda 
kamayib, atmosfera quruq va shaff of bo‘lgan. Quyosh nurlari to‘g‘ridan to‘g‘ri 
o‘simlik barglariga tusha boshlagan. Iqlimning bunday o‘zgarishi ko‘pgina 
qirqquloqlar va ochiq urug‘lilar uchun noqulay bo‘lgan va ular kamaygan. 
Yopiq urug‘li o‘simliklar esa, aksincha, ko‘paya boshlagan. Bo‘r davrining 
o‘rtalariga kelib yopiq urug‘li o‘simliklarning bir urug‘ pallali, ikki urug‘ 
pallali sinfl arining ko‘p oilalari rivojlangan. Ularning xilma-xilligi, tashqi 
qiyofasi ko‘p jihatdan hozirgi zamon fl orasiga yaqinlashgan. 
Bo‘rning ikkinchi yarmida sutemizuvchilarning xaltali va yo‘ldoshli kenja 
sinf vakillari paydo bo‘lgan.

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling