Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

121-rasm. Odamdagi rudiment organlar. I – uchinchi qovoq: 1 – odamniki; 2 – qushniki. 
II – quloq suprasi: 1 – olti oylik embrionniki; 2 – katta odamniki; 3 – maymunniki. 
III – ko‘richak va uning chuvalchangsimon o‘simtasi: 1 – odamniki; 2 – tuyoqli hayvonniki.


230
Odamlarda ba’zan atavizm hodisasi 
ham uchraydi (122-rasm).
Odamsimon maymunlar bilan odam 
skeleti va ichki organlar tuzilishida 
o‘xshashliklar nihoyatda ko‘p. Qoziq, jag‘ 
tishlarining soni ham bir xil. Odamsimon 
maymunlarda va odamda dum bo‘lmaydi. 
Odam uchun xos to‘rtta qon guruhi gorilla, 
shimpanze, orangutanlarda ham uchraydi. 
Xromosomalarni maxsus usul bilan bo‘yash 
orqali odam va shimpanze xromosomalarining nihoyatda nozik ko‘n da lang 
chiziqlari ham o‘xshashligi ma’ lum bo‘ldi. Odamsimon maymunlarda 48 ta 
xromosoma bor. Maymunlarning ikki juft xromosomasi odamda qo‘shilib 
ketganligi tufayli uning kariotipi 46 ta xromosomadan iborat.
Ko‘pgina parazitlar (bosh biti) va ka salliklar (gripp, chechak, vabo, qorin 
tifi va boshqalar)ning bo‘lishi umumiydir. Odam simon maymunlarda ham 
mimika muskullari yaxshi rivojlangan.
Odam skeletining tuzilishida tik yurishga bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos bir 
qator o‘zgarishlar yuzaga kelgan. Uning umurtqa pog‘onasida tabiiy egilmalar, 
tovonida gumbaz paydo bo‘lgan, oyoq panjasining bosh barmog‘i boshqa 
barmoqlarga yaqinlashib, tayanch vazifasini bajaradi, chanoq suyaklari ancha 
kengaygan. 
Tayanch so‘zlar: shimpanze, gorilla, orangutan, rudiment, atavizmlar.
Savol va topshiriqlar:
1. Odamning biologik individ sifatida sistematikada tutgan o‘rnini ko‘rsating.
2. Odam evolutsiyasini isbotlashdagi embriologiya, solishtirma anatomiya fan 
dalillarining mohiyatini yoritib bering.
3. Odamdagi rudiment organlarga nimalar kiradi. Ularning bo‘lishi nimani 
isbotlaydi?
4. Odamdagi atavizm hodisasiga misollar keltiring. Atavizm hodisasi nimadan 
dalolat beradi?
5. Odam embrional rivojlanishining qaysi bosqichida hayvonlarga o‘xshash 
bo‘ladi?

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling