Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Tayanch so‘zlar: protobiontlar, kofermentlar, abiogen, matritsali sintez.
Savol va topshiriqlar:
1. Hayotning kimyoviy evolutsiyasining asosiy bosqichlarini aytib bering.
2. Hayotning biologik evolutsiyasi qachon boshlanishini tushuntiring.
3. Koatservatlar hosil bo‘lishi jarayonini tushuntiring.
4. Hozirgi zamonda hayot abiogen sintez yo‘li bilan qaytadan hosil bo‘lishi 
mumkinmi?
5. Abiogen sintezni tasdiqlovchi qanday ma’lumotlarni bilasiz?
53-§. ARXEY, PROTEROZOY ERALARIDAGI HAYOT
Yer Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralar bilan birgalikda 5 mlrd yil 
ilgari paydo bo‘lgan. Yerning va undagi turli qatlamlarning yoshini aniqlashda, 
odatda, radioaktiv elementlarning parchalanishi asosiy mezon qilib olinadi. 
Yer paydo bo‘lganidan to hozirga qadar rivojlanish tarixi eralarga, eralar esa 
davrlarga, davrlar epoxalarga bo‘linadi. Eralarning nomi yunon tilidagi arxey 
(arxeis) – eng qadimgi, proterozoy (proteroszoe) – dastlabki hayot, paleozoy 
(paleozoe) – qadimgi hayot, mezazoy (mezos) – o‘rta hayot, kaynazoy (kainos) 
– yangi hayot degan ma’nolarni bildiradi. 


224
Arxey erasi 900 mln yil davom etgan. Eraning qatlamlari yuqori haro-
rat va bosim ta’sirida ko‘rinishini o‘zgartirib, o‘zidan hech qanday hayot 
izlarini qoldirmagan. Dastlabki tirik organizmlar arxey erasida paydo bo‘l-
gan. Organik birikmalardan ohaktosh, marmartosh, ko‘mirli moddalarning 
bo‘lishi arxey erasida tirik organizmlar, bakteriyalar, ko‘k-yashil suvo‘tlari 
bo‘lganligidan dalolat beradi. Yerda hayot evolutsiyasining eng muhim bosqichi 
fotosintezning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq, natijada organik olam o‘simlik 
va hayvonot dunyosiga ajraldi. Dastlabki fotosintezlovchi organizmlar – 
prokariotlar, ya’ni ko‘k-yashil suvo‘tlari – sianobakteriyalar bo‘lgan. 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling