Biolog 10 indd


Organizmlar orasidagi munosabatlardan insonlarning foydalanishi


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Organizmlar orasidagi munosabatlardan insonlarning foydalanishi. Bir 
turga kiruvchi organizmlar orasida yashash uchun kurash shiddatli bo‘lishini 
e’tiborga olib, yangi bog‘lar tashkil qilinayotganda mevali daraxtlarning turiga 
qarab ko‘chatlar ma’lum oraliqda ekiladi. Sun’iy yo‘l bilan o‘rmonlar barpo 
etilayotganda tuproqqa zamburug‘ gifalari solinib, mikoriza hosil qilinadi. 
Respublikamizdagi ko‘llar, suv havzalarida baliqlarni sun’iy yo‘l bilan 
urchitish uchun avvalo ular yirtqich (cho‘rtan) va uncha ahamiyati bo‘lmagan 
(gambuziya) baliqlardan tozalanadi. Shundan keyin suv havzalarida xo‘jalik 
uchun ahamiyatli hisoblangan baliqlar ko‘paytiriladi. Ovchlik xo‘jaligini ilmiy 
asosda olib borish uchun hayvonlar biologiyasi, ya’ni urchish davri, nasl 
miqdori, ularning voyaga yetish muddati, nimalar bilan oziqlanishi, organizmlar 
orasidagi munosabatlar diqqat markazida bo‘ladi.
Yirtqich hayvonlar – bo‘ri, tulkilar yo‘qotilayotganda ularning sanitarlik 
roli, ya’ni o‘ljalar orasida nimjon, kasal individlarni ko‘plab yo‘qotishi hisobga 
olinadi. 
Madaniy o‘simliklarga qaraganda yovvoyi o‘simliklar yashovchan bo‘ladi. 
Ular madaniy osimliklarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘r satmasligi uchun 
(piyoz, sabzi, rediska va boshqalar) o‘toq qilinib, begona o‘tlardan xalos 
etiladi. Zararkunanda hasharotlar – xasva, olma qurti, ko‘sak qurti, shira va 
hokazolarga qarshi kurashda, mikrofanus, tillako‘z, trixogramma, afelinus, 
tugmachaqong‘izlardan (podoliya), entobakteriyalar tarqatiladi. Zararkunanda 
hasharotlarga qarshi kurashishga hasharotxo‘r qushlar, chunonchi, chug‘urchuq, 
chittak va boshqalar jalb qilinadi. Chetdan changlanuvchi o‘simliklardan yuqori 
hosil olish uchun asalaridan foydalaniladi. 
93-rasm. Bir turga kiruvchi 
daraxtlar o‘rtasidagi raqobat.


179

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling