Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Chalg‘ituvchi rang. Bunday hayvon tanasi dog‘lar va olachipor yo‘llar 
bilan qoplangan bo‘ladi. Bu dog‘lar, olachipor yo‘llar dushmanning diqqat-
e’tiborini chalg‘itadi. Zebra, jirafalar terisining rangini bunga misol qilib 
ko‘rsatish mumkin.
Fiziologik moslanishlar. Ushbu moslanish tana temperaturasi, qonda tuz va 
qand konsentratsiyasining turg‘un holda saqlanishiga qaratilgan. Organizmlar 
shaxsiy hayotining turli bosqichlarida atrof-muhitdagi tuz, namlik, haroratning 
o‘zgarishlariga nisbatan o‘z turg‘unligini saqlaydi. Masalan, o‘simliklar qishki 
tinim davridan normal o‘tishi uchun ular hujayrasida suv miqdori kamayib, 
erigan moddalar konsentratsiyasi ortadi. Uzoq vaqt suv ostida bo‘ladigan 
tulenlar qonida kislorodni bog‘lab olishda gemoglobindan tashqari mioglobin 
nisbatan ko‘proq ishtirok etadi. Sahro hayvonlari tanasida ko‘plab yog‘ 
moddalarining to‘planishi fi ziologik moslanishga misol bo‘ladi.


188
Etologik moslanishlar. Bu moslanish turi hayvonlarning xatti-
harakatlarida namoyon bo‘ladi. O‘ziga xos harakatlar orqali hayvonlar 
dushmanlaridan himoyalanadi, oziqa topadi va zaxiralaydi, yil mavsumlariga 
moslashadi, juft tanlaydi va ko‘payadi, naslini himoya qiladi. Hayvonlar 
dushmandan saqlanish uchun yashirinadi yoki qo‘rqituvchi xatti-harakatlarni 
amalga oshiradi. Nasl uchun g‘amxo‘rlik qilish turning yashab qolishida katta 
ahamiyatga ega. Amerika som balig‘i chavog‘lar rivojlanguncha tuxumlarni 
qorin tomonga yopishtirgan holda yuradi. Povituxa deb ataluvchi qurbaqa
otalangan tuxumlarini to yosh qurbaqalar rivojlanguncha orqa tomonda 
«opichlab» yuradi. Tuban umurtqalilardan farqli ravishda qushlar tuxumlarini 
maxsus inlariga qo‘yib o‘z tana harorati bilan ularni isitadilar. Tuxumlarini 
va jo‘jalarini ota-ona qushlar boqadi va himoya qiladi. Nasl uchun qayg‘urish 
bilan bog‘liq moslanishlar sutemizuvchilarda, ayniqsa, kuchli bo‘ladi.

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling