Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Morfologik moslanishlar. Tashqi muhit omillari ta’siri natijasida orga nizm lar 
tana tuzilishida shu muhitga mos xususiyatlar paydo bo‘ladi. Masalan, qushlarda 
tana shakli havo muhitida, baliqlarning tana shakli suv muhitida yashashga yordam 
beradi. Hayvonlardagi morfologik moslanishlarga himoya rangi, maskirovka, 
mimikriya, ogohlantiruvchi rang, chalg‘ituvchi rang misol bo‘ladi.
Himoya rangi. Ko‘pchilik hollarda hayvonlarning tashqi rangi o‘zi ya-
sha yot gan muhit rangiga mos bo‘lgani uchun ko‘zga kam tashlanadi (99-rasm). 
Odatda cho‘lda yashaydigan toshbaqa, kaltakesak, ilonlar qum rangida
shimoliy o‘lka hayvonlari – ayiq, kuropatka, tulkilar oq rangda, kvaksha, be-
shik tervatar, ninachilar yashil barglar orasida yashagani, karam kapalagi qurti 
uning barglari bilan oziqlangani sababli yashil rangda bo‘ladi. Agar muhit 
rangi fasllarga qarab o‘zgarsa, u holda hayvonlar rangi ham o‘zgaradi.


185
Masalan, Yevropaning o‘rta mintaqasida yashovchi tulki, tovushqon, 
kuropatka, gornostay qishda bir, yozda ikkinchi xil rangda bo‘ladi.
Maskirovka. Ayrim hollarda hayvonning tana shakli va rangi atrofi dagi 
barg, novda, kurtak, o‘simliklarga o‘xshash bo‘ladi. Chunonchi, chupchik 
degan hasharot rangi va shakli ingichka novdani, ninabaliq suvo‘tlarini, 
99-rasm. Hayvonlarda 
himoya rangi: 
1 – yashil chigirtka; 
2 – odimchi qurt; 
3 – kvaksha baqasi; 
4 – kuropatkaning
yozgi qiyofasi; 
5 – kuropatkaning 
qishki qiyofasi; 
6 – tentakqush; 
7 – gornostayning 
yozgi qiyofasi; 
8 – qishki qiyofasi.
dengiz paxmoq otchasi deb ataluvchi ba liq suv o‘simliklarini eslatadi 
(100-rasm). Ayrim ikki pallali molluskalar shakli suv o‘sim liklarining kurtak-
lariga o‘xshash bo‘ladi. Malayada tarqalgan kallima kapalagining qanotlari 
shakli, naqsh va tomirlari bargga o‘xshash bo‘ladi.

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling