Biolog 10 indd


O‘simliklar olamidagi moslanishlar


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

O‘simliklar olamidagi moslanishlar. Hayvonlar singari o‘simliklarda ham 
tashqi muhit omillariga nisbatan bir qancha moslanishlar mavjud. Masalan, nam 
tanqisligiga o‘simliklar turlicha moslashgan bo‘ladi. Bir xil o‘simliklarning bargi 
ustki tomondan mum qavat (fi kus), ikkinchi xillarda qalin tuklar (sigirquyruq) 
bilan qoplangan. Saksovulda barglar kichik «tangacha»larga aylangan. Yantoq-
ning barglari mayda va qattiq, ko‘pgina shoxchalari tikan shaklida. Kaktus, 
aloy, agavalar sersuv o‘simliklar hisoblanadi. Ba’zi o‘simliklarning vegetatsiya 
davri juda qisqa, masalan, ayiqtovon, yaltirbosh erta bahorda o‘sib, rivojlanib, 
urug‘ berishga ulguradi. Yantoq, shuvoq kabi o‘simliklar qurg‘oqchilik paytida 
barglarini to‘kish orqali o‘z hayotini saqlaydi.
O‘simliklarda chetdan va hasharotlar yordamida changlanish bilan aloqador 
bo‘lgan bir qancha moslanishlar bor. Hasharotlar orqali changlanadigan 
o‘simliklarning gultojibarglari yirikligi, rangining xilma-xilligi, xushbo‘y hid 
tarqatishi, nektar ajratishi bilan hasharotlarni o‘ziga jalb qiladi. Aksincha, 
shamol yordamida changlanadigan o‘simliklarning gullari mayda, ko‘rimsiz, 
hidsiz, changlari juda yengil. O‘simliklarda meva va urug‘larning tarqalishiga 
nisbatan ham bir qancha moslanishlarni ko‘rish mumkin. Shamol yordamida 
tarqaladigan qayin, qayrag‘och, aylant, zarang meva va urug‘larida qanotsimon 
o‘simtalar, g‘o‘za chigitida tuklar bo‘ladi. Ittikanak, sariqchoy, qariqiz, 
qo‘yti kan mevalarida ilgak, tikan, tuklar bo‘lib, ular hayvonlarning juniga, 
qushlarning patiga, odamlarning kiyimiga yopishishi orqali uzoq masofalarga 
tarqaladi (102–103-rasmlar). Etdor, sersuv danakli va danaksiz mevalar qushlar 
va boshqa hayvonlar tomonidan yeyilib, hazm bo‘lmagan urug‘lar axlat orqali 


189
tashqariga chiqarib tashlanadi. Shu yo‘sinda ular boshqa joylarga tarqaladi. 
Suv orqali tarqaladigan meva va urug‘larda ham ba’zi bir moslanishlar bor.
102-rasrn. Hayvon va odamlar yordamida 
tarqaluvhchi mevalar. 
1 – repishka me va si; 2 – ilashuvchi beda 
dukkagi; 3 – qa ri qizning «qarmoqli» sa vat-
chasi; 4 – qo‘ytikanning tikanli mevasi; 
5 – ebalakning sanchuvchi mevasi; 
6 – temirtikanning sanchuvchi mevasi.
103-rasm. Shamol yordamida tarqaluvchi 
qanotchali mevalar.
1 – qayin; 2 – qayrag‘och; 3 – zarang; 
4 – sassiqdaraxt–aylant; 5 – shumtol.
Bayon etilganlarga xulosa qilib biz moslanish deyilganda tirik organizm-
larning ma’lum muhitda yashab, normal nasl qoldirishini tushunish kerakligini 
qayd qilib o‘tamiz.

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling