Biolog 10 indd
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
Ogohlantiruvchi rang. Ba’zi hayvon lar ning tashqi ko‘rinishi rang-barang
bo‘lib, ko‘zga yaqqol tashlanadi. Tillaqo‘ng‘iz, tugmachaqo‘ng‘iz, qovo g‘ari, tukli ari, ko‘pgina kapalaklar, «do‘st-dushman» ko‘ zi ga yaqqol tashla nib, o‘z ranglari bilan ularni «ogohlantiradilar». Odatda bunday ogoh lanti ruvchi rangga ega hay vonlar ning dushmanlardan himoya qiladigan qo‘shim cha vositalari mavjud. Ularning xususiy himoya vositalariga tanada ishlab chiqarila digan qo‘lansa hidlar, zaharli suyuqliklar, tananing tuklar bilan qoplanganligi, 186 nayzalar va hokazolar kiradi. Masalan, xonqizi qo‘ng‘izi zaharli suyuqlik ajrat- gani uchun qushlar ularni cho‘qimaydilar. Mimikriya. Ba’zi hollarda dushmanlari tomonidan ko‘p qiriladigan hayvon - lar tanasining rangi, shakli bilan «ogohlantiruvchi rangli» organizmlarga taqlid qiladi. 100-rasm. Hayvonlarda maskirovka. 1 – beshiktervatar; 2 – chupchik; 3 – ko‘lbuqa; 4 – dengiz toychasi; 5 – lattachi baliq; 6 – dengiz masxarabozi; 7 – ninabaliq. Kushandalari tomonidan ko‘p qiriladigan himoyasiz hayvonlarning «ogoh- lantiruvchi rangli» kam qiriladigan organizmlarga taqlid qilishi mimikriya hodisasi deb ataladi. Ba’zi bir pashshalarning va ayrim kapalak turlarining rang jihatdan arilarga, suvaraklarning tugmachaqo‘ng‘izlarga o‘xshashligi, zaharsiz ilonlarning zaharli ilonlar rangida bo‘lishlari mimikriya hodisasiga misoldir (101- rasm). Shuni qayd qilish lozimki, himoya va ogohlantiruvchi ranglar hayvon xatti-harakati bilan bog‘langan holda yanada samarali natija beradi. Qamishzorlarda yashovchi ko‘lbuqa qushi patlarining rangi bilan qa- mishlarni eslatadi. Shunga qaramay biror xavf sezilsa, u darrov bo‘ynini cho‘zib, tumshug‘ini ko‘targan holda qimirlamay turadi. Bunday vaziyatda uni dushmani payqamay qoladi. 187 101-rasm. Hayvonlarda «ogohlantiruvchi» rang va mimikriya hodisasi. 1 – belyanka; 2 – zaharli gelekonius kapalagi; 3 – oynasimon kapalak; 4 – g‘o‘ng‘illovchi pashsha; 5 – oddiy ari; 6 – zaharli korall aspidi; 7 – zaharsiz amerika suviloni; 8 – «xonqizi» qo‘ng‘izi; 9 – suvarak. Rang va shakl jihatidan taqlid qilish faqat organizmlargagina emas, hat- to tuxumlarga ham xos. Masalan, kakku qush boshqa qush lar singari in qurmaydi va tuxumini mayda qushlar – qorayaloqlar, jiblaji bonlar, bulbul, sirchumchuqlarning inlariga qo‘yadi. Eng muhimi shundan ibo rat ki, kakku tuxum qo‘yishdan oldin ana shu qushlarning inlaridagi tuxum lar ni ko‘rib ularga taqlid qilib tuxum qo‘yadi va uning qo‘ygan tuxum larining rangi, hajmi in egalarining tuxumlariga o‘xshash bo‘ladi. Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling