Biolog 10 indd
Stabillashtiruvchi tanlanish
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- 94-rasm
Stabillashtiruvchi tanlanish. Bu tanlanish populatsiyaning o‘zgaruv-
chanligini kamaytiradi, turg‘unligini oshiradi. Har bir populatsiyaning hayoti muhitga bog‘liq. U yashab qolish uchun doim muhit sharoitiga moslanishi kerak. Agar bir necha bo‘g‘in mobaynida yashash sharoiti o‘zgarmasa, u holda populatsiya – yuqori moslanish darajasiga ega bo‘ladi va tabiiy tanlanish o‘z- garuv chanlikni stabillashtirish tomonga yo‘naltiradi. Muhitga yaxshi mos lashgan, o‘rtacha normaga ega formalar saqlanadi, normadan o‘zgargan organizmlar esa nobud bo‘ladi. Fenotipi keskin o‘zgar gan formalarning halokatga uchrashi tabiiy populatsiyalarda bir necha bor kuzatilgan. Masalan, G. Bempes tomo nidan chumchuqlar ustida o‘t kazilgan kuzatishni olish mumkin. U qattiq qor bo‘ronidan so‘ng chalajon chumchuqlarning 132 tasini daladan laboratoriyaga olib kelgan. Ularning 72 tasi tirilgan. Bempes o‘lik va tirik qolgan chumchuqlarning qanotini o‘lchab ko‘rgan. Tirik qolgan chumchuqlar qanotining uzunligi o‘rtacha, nobud bo‘lgan chumchuqlarniki esa normadan uzun yoki kalta bo‘lgan, binobarin, qanotlari o‘rtacha uzunlikda bo‘lgan formalar bo‘ron paytida tirik qolganligi, normadan o‘zgargan chumchuqlar nobud bo‘lganligi aniqlangan. Hasharotlar yordamida changla na di gan o‘simliklar gulining yirik-mayda- ligi va shakli, shamol yordamida changlanadigan o‘simliklar gulinikiga nisbatan o‘zgarmas. Hasharotlar yorda mida changlanadigan gullarning tuzi- lishidagi turg‘unlik o‘sim liklar va ularni changlatuvchilarning birgalikdagi evolutsiyasi bilan bog‘liq. Qush bola larining soni bilan ota-ona keltirgan oziq o‘rtasida bog‘liqlik mavjud bo‘ladi. Chug‘urchuq uyasiga eng ko‘pi bilan 5 ta tuxum qo‘yadi. Agar 5 tadan ortiq qo‘ysa, oziq yetishmasligi bolalarning nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 94-rasm. Stabillashtiruvchi tanlanish. 95-rasm. Stabillashtiruvchi tanlanish: A – latimeriya; B – gatteriya. 182 Stabillashtiruvchi tanlanish ta’siri odamlarda ham uchraydi. Normal odamlar hujayrasida 44 ta autosoma va 2 ta jinsiy xromosoma borligini bilasizlar. Agar ayolning urug‘langan tuxum hujayrasida 44 ta autosoma va bitta Y xromosoma bo‘lsa, boshqacha aytganda X xromosoma yetishmasa, u holda homila ona qornida 2–3 oydan so‘ng rivojlanmay qoladi va tabiiy abort ro‘y beradi. Belgilari o‘rtacha darajada yoki unga yaqin darajada bo‘lgan individlarning saqlanishiga qaratilgan tanlanish stabil lash tiruvchi tanlanish deyiladi (94-rasm). Gatteriya, gingko biloba, latimeriya kabi organizmlar o‘zgarmas muhit sha- roi tida saqlanib qolganligi stabillash tiruvchi tan lanishning natijasidir (95-rasm). Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling