Oqsillarda topilgan - aminokislotalar
Izoh: Yulduzcha bilan almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalar belgilangan.
Murakkab oqsillar yoki polipeptidlardagi aminokislotalarning bog’lanish tartibini aniqlashda ular avval qisman gidrolizga uchratiladilar va gidrolizga uchragan molekulalarning «ulanish» joylari aniqlanadi.
Hozirgi vaqtda oqsillarning aminokislota tarkibi maxsus xromatograflar yordamida aniqlanmoqda.
Oqsillarning aminokislota qoldiqlaridan peptid bog’ hosil qilib bog’lanishiga ularning birlamchi tuzilishi deyiladi.
Uglevodlardan farq qilib, oqsillarning birlamchi tuzilishi har qaysi organizm uchun o’ziga xos tuzilishga ega bo’ladi. Masalan, insulin gormoni 51ta - aminokislota qoldig’idan 2 ta zanjir hosil qilgan va disulfid ko’rigi hosil qilib tuzilgan bo’lib, turli jonzotlarda turlicha tarkibga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |