Biologiya-11-sinf-imtihon-javoblari pdf
Gaz almashinish funksiyasi
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
11 SINF BIOLOGIYA @UzBMBA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oksidlanish-qaytarilish funksiyasi
- 2 – savol javobi
- Trofik darajalar
- Oziq to‘rida
Gaz almashinish funksiyasi
tirik organizmlar tomonidan gazsimon moddalarni o‗zlashtirilishi va ajratilishi orqali atmosferaning gaz tarkibi doimiyligini saqlab turishda aks etadi. Kislorod fotosintez jarayonida, karbonat angidrid esa nafas olish jarayonida ajraladi. Yer ostida hosil bo‗ladigan metan gazi metan hosil qiluvchi bakteriyalar tomonidan organik birikmalarning parchalanishi natijasida hosil bo‗ladi. Tirik moddaning gaz almashinuv funksiyasiga destruktiv va muhit yaratish funksiyalarining yig‗indisi sifatida ham qarash mumkin. Oksidlanish-qaytarilish funksiyasi tirik organizmlarda sodir bo‗ladigan kimyoviy moddalarning oksidlanishi va qaytarilishi jarayonlarida aks etadi. Masalan, fotosintez jarayonida karbonat angidrid gazi uglevodgacha qaytarilsa, nafas olish jarayonida esa uglevodlar karbonat angidrid va suvgacha oksidlanadi. Xemosintezlovchi temir bakteriyalari faoliyatida temir atomining oksidlanish darajasi o‗zgaradi. Ma‘lumki, sayyoramizda moddalarning harakatini Yerning tortish kuchi belgilaydi. Anorganik moddalar qiyalik bo‗ylab o‗z-o‗zidan yuqoridan pastga harakatlanadi. Daryolar, muzliklar, qor ko‗chkilari shunday harakatlanadi. Tirik modda esa pastdan yuqoriga, okeanlardan quruqlik tomonga harakatlana oladi. 2 – savol javobi : Oziq zanjiri – bu bir bo‗g‗in (manba)dan ikkinchi bo‗g‗in (iste‘molchi)ga moddalar va energiya o‗tadigan organizmlarning tizimli ketma-ketligi sanaladi. «Oziq zanjiri» atamasi ingliz olimi – zoolog va ekolog Ch. Elton tomonidan 1934-yilda taklif etilgan. Oziq zanjiri bir necha bo‗g‗indan iborat. @UzBMB A @UzBMBA @UzBMBA @UzBMBA Zanjirning birinchi bo‗g‗ini, asosan, yashil o‗simliklardan iborat, undan keyingi bo‗g‗inlarni o‗simlikxo‗r hayvonlar (umurtqasizlar, umurtqali hayvonlar, parazit o‗simliklar), so‗ng yirtqichlar va parazitlar tashkil etadi. Yashil o‗simliklardan boshlangan oziq zanjiri o‗tloq tipidagi (produtsent zanjir) oziq zanjir deyiladi. Produtsent zanjir produtsentlardan boshlanadi va turli tartib konsumentlarini o‗z ichiga oladi. Bunday oziq zanjiri quyidagi chizmada keltirilgan:Produtsentlar →I tartibli konsumentlar→II tartibli konsumentlar→III tartibli konsumentlar Produtsentlar o‗simlikxo‗r hayvonlar – birinchi tartib konsumentlarning oziq manbayi, ular esa, o‗z navbatida, go‗shtxo‗r hayvonlar (birlamchi yirtqichlar) – ikkinchi tartib konsumentlarning oziq manbayiga aylanadi. Go‗shtxo‗r hayvonlar uchinchi tartib konsumentlar yoki yirik yirtqichlar (ikkilamchi yirtqichlar) tomonidan iste‘mol qilinadi. Trofik darajalar . Oziq zanjirida turlarning joylashgan o‗rniga qarab, biogeotsenoz (ekosistema)larning trofik darajalari farqlanadi. Oziq zanjiridagi har bir organizm muayyan trofik darajaga tegishli bo‗ladi. Organizmning oziq zanjiridagi o‗rni yoki oziq zanjirining bitta bo‗g‗iniga tegishli bo‗lgan organizmlar yig‗indisi trofik daraja deyiladi. Trofik darajalar soni oziq zanjiri bo‗g‗inlari soniga teng bo‗ladi. Avtotrof organizmlar produtsentlar – geterotrof organizmlar uchun organik modda yetkazib beradiganlar sifatida birinchi trofik darajani tashkil etadi. Ikkinchi trofik daraja (birinchi tartib konsumentlar)ga fitofaglar – o‗simlikxo‗r organizmlar kiradi. Fitotroflar hisobiga yashaydigan go‗shtxo‗rlar uchinchi trofik daraja (ikkinchi tartib konsumentlar)ga; boshqa go‗shtxo‗rlarni iste‘mol qiladigan hayvonlar to‗rtinchi trofik daraja (uchinchi darajali konsumentlar)ga mansubdir. Oziq to‘rida bir oziq zanjirining bo‗g‗inlari boshqa zanjirning tarkibiy qismi bo‗ladi. Har qaysi oziq zanjiri moddalar va energiya o‗tadigan alohida kanaldir. Agar biogeotsenozning biror a‘zosi yo‗qolsa tizim buzilmaydi, chunki organizmlar boshqa oziq manbalaridan foydalanadi. Bu fikrdan esa turlar qanchalik xilma-xil bo‗lsa, tizim shunchalik barqaror bo‗ladi degan umumiy xulosa kelib chiqadi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling