Biologiya-11-sinf-imtihon-javoblari pdf
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
11 SINF BIOLOGIYA @UzBMBA
- Bu sahifa navigatsiya:
- BILET-9 1. Rasmdagi biosferada oltingugurtning davriy aylanishini izohlang 2. Ekosistemaning biomassasi va mahsuldorligi nimani ifodalaydi
- 2-savol javobi
- biologik mahsuldorlik
4-mutatsiya
A T G A C A G C T G C C G A A A T A i-RNK U A C U G U C G A C G G C U U U A U Antikodon A U G A C A G C U G C C G A A A U A Aminokislota Metionin Treonin Alanin Alanin Glutamin Izoleysin b)qismga javob. Hosil bo`lgan 1,2,3,4 mutatsiya oqsil tarkibida aminokislotalar ketma-ketligiga ta`sir ko`rsatga va oqsil tarkibini o`zgartirgan, aminokislota soni o`zgarmagan neytral mutatsiya c) qismga javob. Bu mutatsiyalar hayotning molekula darajasida yuz beradi. BILET-9 1. Rasmdagi biosferada oltingugurtning davriy aylanishini izohlang 2. Ekosistemaning biomassasi va mahsuldorligi nimani ifodalaydi? 3. Rasm asosida berilgan oziq to rini o rganing va tahlil qiling. ʻ ʻ a) Oziq to rida qatnashgan birlamchi konsumentlar bir-biridan qanday farq qiladi? ʻ b) Oziq to rida ishtirok etgan ikkilamchi sovuqqonli hayvonlar qaysi sinf vakillari ʻ hisoblanadi? c) Oziq to rida ishtirok etgan issiqqonli hayvonlar qaysi trofik darajalarni tashkil qiladi? ʻ 3-savolga javob. a) I konsumentlar bir biridan turkumi bilan farq qiladi lekin, sutemizuvchilar sinfi, xordalilar tipi. b) ilon sovuqqonli II konsument bo`lib, sudralib yuruvchilar sinfi vakili c) Oziq to`ridagi issiqqonli hayvonlar II, III, IV trofik darajalarni tashkil etadi. (I trofik daraja – daraxt) 2-savol javobi: Ekosistemada moddalarning uzluksiz davriy aylanishi, shuningdek, energiyaning yo‗nalishli oqimi sodir bo‗ladi. Buning natijasida organizmlar biomassasi hosil bo‗ladi. Tarixiy rivojlanish jarayonida muayyan ekosistemada jamlangan, barcha tirik organizmlar (organik moddalar)ning umumiy miqdori ekosistema biomassasini tashkil etadi. O‗simliklar biomassasi fitomassa, hayvonlar biomassasi zoomassa deyiladi. Ekosistema biomassasi quruqlik ekosistemalarida maydon birligida quruq organik modda massasi birligi bilan: g/m 2 , kg/m 2 , kg/ga, t/km 2 , suv havzasi ekosistemalarida hajm birligida ifodalanadi. Produtsentlar quyosh energiyasi hisobiga birlamchi mahsulotni hosil qiladi va qabul qilinadigan quyosh energiyasining bir qismini biomassada to‗playdi. Ekosistema biomassasi va uning biologik mahsuldorligi bir-biridan keskin @UzBMB A @UzBMBA @UzBMBA @UzBMBA @UzBMBA @UzBMBA farqlanadi. Ekosistemada organik moddaning hosil bo‗lish tezligi biologik mahsuldorlik deyiladi. Mahsuldorlik vaqt birligida (soat, sutka, yil), maydon birligida (kvadrat metrlar, gektar) yoki hajm birligida (suv ekosistemalari uchun litrlarda, kub metrlarda) sintezlangan biomassa miqdori bilan ifodalanadi. O‗rmondagi organizmlarning umumiy biomassasi yillik o‗sish – mahsuldorligidan ancha ko‗p bo‗ladi. Hovuzda fitoplanktonning umumiy biomassasi uncha ko‗p emas, ammo fitoplankton tez ko‗payishi hisobiga katta tezlikda mahsulot hosil qiladi. Tiklanishi va yangilanishi uchun qaysi modda va energiyadan foydalanishiga ko‗ra, ekosistemada birlamchi va ikkilamchi mahsuldorlik farqlanadi. Bunda hosil bo‗ladigan mahsulot mos ravishda birlamchi va ikkilamchi deyiladi. Fotosintez yoki xemosintez jarayonida avtotrof organizmlar (produtsentlar) tomonidan mineral moddalardan hosil qilinadigan biomassa birlamchi mahsulot deyiladi. Organik moddalarning asosiy qismini yashil o‗simliklar tashkil qiladi. Quyosh energiyasining 100% dan taxminan 1% i xlorofill tomo ni dan o‗zlashtiriladi va organik molekulalar sintezida foydalaniladi (quyosh energi yasining qolgan 99% i qaytariladi, issiqlikka aylantiriladi yoki suv bug‗ lanishiga sarflanadi). Bundan ko‗rinib turibdiki, quyosh energiyasining organik moddalar kimyoviy bog‗lari energiyasiga aylanishi samaradorligi o‗rtacha 1% ni tashkil etadi. Bunday qonuniyat «1% qoidasi» deb nomlanadi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling