Biologiya-11-sinf-imtihon-javoblari pdf


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/70
Sana08.05.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1445253
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   70
Bog'liq
11 SINF BIOLOGIYA @UzBMBA

1-savol javobi. 
Ekosistemalarning barqarorligi
. Tabiiy ekosistemalar ma‘lum qonuniyatlar asosida tarkib topadi,
rivojlanadi. Ekosistema ning barqarorligi eng avvalo produtsent, konsument, redutsentlar tomonidan amal
ga oshiriladigan moddalar va energiya almashinuvi jarayoni va quyosh energiyasi hisobiga ta‘minlanadi.
Yuqorida qayd etilgan ikki omil ekosistemaning tashqi muhitning doimiy o‗zgarishlariga nisbatan
barqarorligini yuzaga keltiradi. O‗zgargan ekologik omillar ta‘sirida o‗zining tuzilishi va normal
funksional
holatini saqlay olish xususiyati ekosistemalarning barqarorligi deb ataladi. Turlarning xilma-xilligi va
organizmlarning o‗zi yashaydigan muhitdagi o‗zgarishlarga ma‘lum darajada moslanishlari ekosistemalar
barqarorligini ham da tashqi muhit omillariga nisbatan turg‗un ligini ta‘minlaydi. Ekosistemalar
turg‗unligini uning tarkibiga kiradigan organizmlar o‗rtasidagi trofik aloqalarning xilma-xilligi ham 
belgilaydi. Turlar soni kam bo‗lgan ekosistema lar barqaror bo‗lmaydi. Biogeotsenozlarning tarkibida turlar
qanchalik xilmaxil bo‗lsa, ularning turg‗unligi ham shunchalik yuqori bo‗ladi. Tashqi muhit 
sharoitlarining o‗zgarishi avvalgi muhitga moslashgan organizmlarni qirilishiga olib keladi. Ekosistema
tarkibida populatsiyalar genetik jihatdan qanchalik xilmaxil bo‗lsa, ularda tashqi muhitning o‗zgargan
sharoitlariga nisbatan moslanish, yashab qolish va organizmlarni sonini tiklash uchun imkoniyat
shunchalik ko‗p bo‗ladi. Populatsiyalarning o‗zini tiklab olishi uchun talab qilinadigan vaqt 
organizmlarning ko‗payish tezligi bilan belgilanadi. Ekosistemalarning o‗zini o‗zi boshqarish va dinamik
muvozanatni saqlash xususiyati gomeostaz deb ataladi. Ekosistema gomeostazi uning tarkibidagi
turlarning soni va tarkibining doimiyligi bilan ifodalanadi. Insonning omil sifatida oziq zanjirlariga
salbiy ta‘siri ekosistemadagi organizmlar sonining ko‗payishi yoki kamayishiga olib keladi, natijada
ekosistemaning gomeostaz holati buziladi. Tashqi muhit sharoit va turlar sonining o‗zgarishi hamda
ayrim turlarning yo‗qolishi yoki yangi turlarning qo‗shilishi, biogeotsenozlar turg‗unligining buzilishiga
yoki boshqasi bilan almashinishiga olib keladi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling