12-BILET
1. Organik olam filogenezida yopiq urug li o simliklar vegetativ organlarining takomillashuvini
ʻ
ʻ
tushuntirib bering.
2. Maxsus muhofaza etiladigan tabiiy hududlar haqida ma lumot bering.
ʼ
3. DNK molekulasida adenin va timin orasida ikkita, guanin va sitozin orasida uchta vodorod bog
ʻ
bor, qo shni nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm ga teng. Ma lum DNK bo lagida 1 050 ta vodorod
ʻ
ʼ
ʻ
bog mavjud bo lib, shundan 40 %i adenin va timin orasida joylashgan.
ʻ
ʻ
a) Shu DNK bo lagidagi nukleotidlar sonini aniqlang.
ʻ
b) Shu DNK bo lagidagi fosfodiefir bog lar sonini aniqlang.
ʻ
ʻ
c) Shu DNK bo lagidagi purin asoslari sonini aniqlang
ʻ
3-savol javobi.
1050 H bog` _________100%
420=x x_____________40% A va T
a) 420 : 2 = 210 tadan A va T
1050 – 420 = 630 G va C
630 : 3 = 210 tadan G va C
b) Jami nukleotid soni = A+T+C+G = 210+210+210+210 = 840 ta
fosfodiefir bog` soni= 840-2=838 ta
c) Purin asoslariga A va C kiradi, ularning soni 210 tadan
2-savol javobi:
Maxsus muhofaza etiladigan tabiiy hududlar. Bizning sayyoramiz o‗simlik va hayvonot olamini,
shuningdek, u bilan bog‗liq biosferaning tarkibiy qismlarini yanada to‗la-to‗kis saqlash uchun dunyoning
turli mamlakatlarida alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar – qo‗riqxonalar, buyurtma qo‗riqxona-
zakazniklar, milliy bog‗lar tashkil etiladi. Qo‘riqxonalar
– quruqlik yuzasidagi hudud yoki suv havzasi,
uning chegarasida barcha tabiat majmuyi – o‗simliklar, hayvonlar, tuproq va sh.k. – to‗liq va umrbod
xo‗jalik yurituvidan chiqarib olinadi va davlat muhofazasi ostida bo‗ladi. Qo‗riqxonalarda faqat ilmiy
tadqiqot ishlari olib boriladi. Ayrim qo‗riqxonalar biosferaga oid deb e‘lon qilingan. Ularda har bir
tabiiy hududlar uchun o‗ziga xos bo‗lgan biogeotsenozlar saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |